Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Oziq-ovqat xavfsizligi: global muammolarning innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Oziq-ovqat xavfsizligi: global muammolarning innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’tkazilmoqda. Xalqaro anjumanni institut rektori, professor Odiljon Mamatkarimov kirish so’zi bilan ochib, bugungi kunda mazkur yo’nalish institutda olib borilayotgan izlanishlar va ularning natijalari xususidagi fikrlarini bildirdi.

Konferensiya davomida yurtimiz va dunyo olimlar tomonidan oziq-ovqat sanoatida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining darajasi va sifatini oshirish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishni rag’batlantirish borasida o’zaro fikrlar almashildi, olimlarning maruzalari tinglandi.

Mazkur yirik anjumanda Hindiston, Pokiston, Qirg’iz Respublikasi va Tojikiston kabi davlatlardan 20 nafarga yaqin ilm-fan namoyondalari ham o’z maruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Jarayonlar davom etmoqda.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »