Qabul2024: NamMTI Qabul komissiyasi o’z ishini boshlamoqda

Namangan muhandislik-texnologiya instituti qabul komissiyasi o‘z faoliyatini boshlamoqda. Shu munosabat bilan, institut rektori, qabul komissiyasi raisi Odiljon Mamatkarimov komissiya a’zolari bilan uchrashib, jarayonlarni ochiq va shaffof tashkil etish, har bir abituriyent va ota-onalar bilan muloqotda hushmuomila bo’lish, ularni savollariga atroflicha javob berish borasida o’z ko’rsatmalarini berdi.

Shuningdek, call-markazi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qabul qilish uchun maxsus burchaklarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalarni berdi.

Yig’ilishda bir qator a’zolar va tegishli bo’lim boshliqlari jarayonlarni tashkil etish yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tishdi. Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Muhammadjon Zokirjonov Qabul komissiyasi a’zolarida korrupsiyaga qarshi murosasiy kurash olib borish bo’yicha o’z fikrlarini bildirdi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »