АKADEMIK VA YOSHLAR: ILM-FAN TARAQQIYOTINI YOSHLAR YARATADI

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalar yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 23-24 may kunlari Namangan viloyatida «Аkademik va yoshlar: ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi» mavzusidagi akademiklar va yoshlar kongressi o‘tkazildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi akademiklarini yoshlar orasida tanitish, ularning faoliyatlari, ilmiy ishlarini keng targʼib etish, yosh olimlar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularga ilmiy motivatsiya berish, yetakchi olimlar, isteʼdodli yosh ilmiy xodimlarning faoliyati va ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, qolaversa, «Ilm-fansiz kelajak yo‘q» gʼoyasi asosida rejalar ishlab chiqish, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bugungi kun talablaridan kelib chiqib, barcha sohalarga ilmiy gʼoyalarni hayotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur kongress Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy oliy taʼlim muassasalari, O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, Аkademiklar, professorlar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 ga yaqin ortiq ilm-fan vakillari va besh mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

Kongressni O‘zbekiston fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev ochib berdi. Shundan so’ng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kongressga onlayn tarzda tabrik yo’lladi.

Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse prezidentlari va bir guruh Akademiklar o’z nutqlari va ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Akdemiklar va yoshlar uchrashuvi doirasida Namangan viloyatida joylashgan yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar va iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga bagʼishlangan muhokamalar o‘tkazildi hamda “ishlab chiqarish-Fanlar akademiyasi-oliy taʼlim” zanjiri yaratilib, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yanada mustahkamlandi.

Kongress yakunlariga ko‘ra, yetakchi oliy taʼlim muasasalari, O‘zbekiston Fanlar Аkademiyasi, ilmiy tekshirish institutlari va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomlari imzolanib, mazkur shartnomalarga ko‘ra, ilmiy-innovatsion yo‘nalishlarda faol hamkorlik ishlarini olib borish, tadqiqodlarni birgalikda o‘rganish, stajirovkalar tashkil etish, fundamental va amaliy grant loyihalari bo‘yicha xalqaro tanlovlarida birgalikda ishtirok etish, ilmiy amaliy anjumanlar tashkil etish, dunyoning eng nufuzli ilmiy institutlari bilan do‘stona aloqalarni yanada kegaytish hamda fizika fanini o‘qitish bo‘yicha Namangan tajribasi ommalashtirishiga keng hissa qo’shildi.

Translate »