NamMTI vakillari 2-jahon urushi qatnashchisi xonadonida bo’ldi

Muhammad Ibrohim Ota 1922 yilda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Poromon qishlog‘ida tug‘ilgan. Navqiron yoshga yetganda tengdoshlari qatori yurt sarhadlarini himoya qilish uchun ikkinchi jahon urushida mardonavor ishtirok etgan.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov bochiligida institut jamoasi 100 yillik dovonni zabt etgan ayni kunlarda 103 yosh bilan yuzlashgan Muhammad Ibrohim otani yo‘qlash uchun viloyatning Poromon qishlog‘iga borishdi.

Otaxon oliy ta’lim muassasasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida urush xotiralarini esladi. Bugungi tinch kunlarga shukronalar aytdi. Yurtimiz tinchligini so‘rab duo qildi. Shuningdek, institut jamoasi otaxonning uy-muzeyida bo’lib eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Translate »