Karera kunlari loyihasi doirasida “Mahorat darslari” otkazildi

Bugun Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirokida Namangan muhandislik-texnologiya institutining Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun «2023-yil soliq konsepsiyasi doirasida – soliq qonunchiligi xujjatlariga kiritilgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar» to‘g‘risida o‘quv seminari tashkil etildi.

Uchrashuvda soliq turlari va stavkalari, sohani raqamlashtirish natijasida yuzaga kelgan qulayliklar, «Soliq» mobil ilovasining ahamiyati borasida tushunchalar berildi. Uchrashuv qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tdi. Talabalarning darslarda olgan bilimlari mutaxassislar yordamida yanada mustahkamlandi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »