Sifatli ta’lim va amaliyot, kafolatli ish o‘rnidir!

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan ilg‘or horijiy tajribalarni amaliyotga tadbiq etish orqali Davlat organlari va tashkilotlarini sifatli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, tajriba sifatida Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Karyera markazi”ni faoliyatini transformasiya qilinib, hozirda hamkorlikda samarali ishlab kelinmoqda.

Institutda 6 ta fakultet mavjud bo‘lib, 30 ta ta’lim yo‘nalishida bakalavr hamda 15 ta ta’lim yo‘nalishida magistr kadrlar tayyorlanmoqda. Joriy yilda mazkur oliy ta’lim muassasasini 978 nafar bitiruvchilar tamomlaydi.

Bugungi kunga qadar “Karyera markazi” loyihasi doirasida 600 nafardan ziyod talabalarni davlat xizmatiga qiziqishlarini oshirish maqsadida, turli targ‘ibot tadbirlari, davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari bilan uchrashuvlar va ochiq muloqotlarga jalb etildi.

Navbatdagi muloqotga ham institut talabalari va professor-o‘qituvchilari talab istaklariga binoan «To‘raqo‘rg‘on Issiqlik elektr stansiyasi» rahbarining o‘rinbosari Ravshanjon Mirsaidov hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Namangan viloyati filiali rahbari Xusan Nishanovlar taklif etildi.

Ochiq muloqot davomida spikerlar tomonidan davlat xizmatiga bugungi kunda ochiq va shaffof tizim orqali ishga kirish imkoniyati yaratilgani, To‘raqo‘rg‘on Issiqlik elektr stansiyasi kadrlariga qo‘yiladigan talablar hamda Metrologiya va standartlashtirish sohasida oliy ta’lim muassasalari bilan “4+2” 4 kun o‘qish va 2 kun amaliyot yo‘lga qo‘yilgani borasida fikrlar bildirib o‘tildi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »