Iqtidorli yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish – zamon talabi!

Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Namangan viloyati filiali hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “Kar’yera markazi” loyihasi doirasida iqtidorli bitiruvchi kurs talabalari bilan davlat tashkilotlari rahbar xodimlari o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugun, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni uzviy davomi sifatida, institutning Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Namangan muhandislik-texnologiya instituti prorektori, fakultet dekani, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Agentlik Namangan viloyati filiali mas’ul xodimi ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda mutaxassislar tomonidan bugungi kunda iqtisodiy soha tashkilotlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan kadrlarga qanday malaka talablari qo‘yilayotganligi, yoshlar qanday kompetensiyalarini shakllantirishga e’tibor qaratishlari zarurligi borasida fikr mulohazalarini bildirib o‘tildi. Muloqot o‘zaro savol-javoblar, fikr-mulohazalar bilan qizg‘in ruxda bo‘lib o‘tdi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »