Prezident quyidagi asosiy takliflarni ilgari surdi:
-Turkiy davlatlar savdo hamkorligi bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish va transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqliq dasturini ishlab chiqish;
-tashkilotlar negizida “Injiniring va texnologiyalar markazlari”ni tashkil etish, shuningdek, O‘zbekistonda «Turkiy davlatlar sanoat haftaligi»ni o‘tkazish;
-BMT bilan hamkorlikda Turkiy mamlakatlarning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha tuzilmasini tuzish;
-«Turkiy dunyo turizmi» va «Tabarruk ziyorat» sayyohlik loyihalarini amalga oshirish;
-2022 yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilish.
❗️Shuningdek, Shavkat Mirziyoev Afg‘onistondagi hozirgi murakkab vaziyatga ham e’tibor qaratib, ushbu mamlakat gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ham ta’kidladi.