O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati
11.05.2018

Xoshimova Dildora Madaminovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qildi

Xoshimova Dildora Madaminovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qildi

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boburnoma matnidagi tasviriy vositalarning ingliz tiliga tarjimalari tadqiqi», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Fil64.
Ilmiy maslahatchi: Xolbekov Muhammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
I. Tadqiqotning maqsadi: «Boburnoma» matnidagi tasviriy vositalar tarjimasining leksik, semantik, sintaktik-stilistik, pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz boburshunoslarining o‘zbek mumtoz nasrini muqobil o‘girish tajribasini ommalashtirish dalillangan;
tasviriy vositalar tarjimalarining leksik, semantik, sintaktik-stilistik, pragmatik va lingvokulturologik jihatlari tarjimashunoslikning adekvatlik xususiyati asosida aniqlab berilgan;
tarjimada inson ijtimoiy-ma’naviy qiyofasi va xarakterini qiyosiy tasvirlash tamoyili, uning falsafiy muammolarini yoritishdagi muallif mahorati aniqlangan;
tasviriy vositalardan saj’, arxaizm va realiyalar tarjimalarining asliyatga pragmatik muvofiqlik yoki nomuvofiqligi qiyosiy tahlillar orqali asoslangan;
matematik o‘lchov birliklari, astronomiya, iqtisodga doir tasviriy vositalarning tarjimada transliteratsiya usuli bilan aks etishi tarjimashunoslik metodologiyasi asosida isbotlangan;
tasviriy vositalarning o‘zbek tilidan ingliz tiliga tasviriy, transformatsion, kalьka, muqobil usullari orqali amalga oshganligi aniqlangan, tasviriy vositalarning tarjimadagi miqdor ustuvorligi belgilangan va statistikasi ishlab chiqilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Boburnoma» matnidagi tasviriy vositalar tarjimalarining leksik-semantik, pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy tipologik tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
«Boburnoma»da qahramon portretini tasvirlash tamoyillari va obrazlar xarakter talqiniga aloqador materiallardan OT–F8–022 raqamli «Hozirgi zamon tsivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (FTAning 2017 yil 1 dekabrdagi 02-11/1219-son ma’lumotnomasi). Natijada Z.M.Boburning inson qiyofasini qiyosiy tasvirlash tamoyillari va uning falsafiy muammolarini yoritishga xizmat qilgan, shuningdek inson ijtimoiy qiyofasini zamonaviy tsivilizatsiyaning salbiy ta’siridan himoyalashning yangi qirralarini aniqlash imkonini bergan;
Balx universiteti (Afg‘oniston Islom respublikasi) Turk-o‘zbek adabiyoti fakulьtetining bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklarida Amaliy tarjima, Tarjima nazariyasi va tarixi kabi fanlar bo‘yicha «Bobur va boburiylar», Z.M.Boburning «Boburnoma» asarining tarjimalari va pragmatik xususiyatlari haqida ma’lumot berishda foydalanilgan (Balx universitetining 2017 yil 6 dekabrdagi 129-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar tarjima jarayonida tillarga doir milliy-madaniy xususiyatlar muammosini echishga va ularni tarjima qilish usullarini yoritib berishga, «Boburnoma» asarining xorijda o‘rganilishi hamda lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
«Boburnoma» matnidagi shaxs va xarakter munosabatini ifodalovchi qiyosiy vositalarning tarjimada berilishi, xarakter psixologiyasini aks ettiruvchi tasviriy vositalarning o‘rni hamda muallif muqoyasa uslubining tarjimada namoyon bo‘lishi va dissertatsiya materiallaridan «Bobur» nomli xalqaro jamoat fondi faoliyatida shuningdek, «Bobur entsiklopediyasi» kitobining to‘ldirilgan nashrida foydalanilgan («Bobur» nomli jamoat fondining 2017 yil 2 noyabrdagi 220-son ma’lumotnomasi). Ayni ilmiy natijaning qo‘llanilishi boburshunoslikning jahon adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan yangi qirralarini baholash imkonini bergan. «Boburnoma»da qo‘llanilgan saj’, qiyosiy tasvirlar, obrazlar xarakteri psixologiyasini ifodalovchi tasviriy vositalarning tarjimalarda berilishi, ingliz sharqshunoslarining bu borada olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari va ayrim mumtoz so‘zlarning ma’nolarini ochib berishga xizmat qilgan;
Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi magistratura mutaxassisliklari talabalari va tadqiqotchilari uchun «Z.M.Bobur ijodini o‘rganish», «Boburnoma»  matni tarjimalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda, tarjima nazariyasi fanlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasining 2017 yil 12 dekabrdagi 41-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning ushbu natijalari magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun «Boburnoma» asarida qahramon portretlarini tasvirlash tamoyillari, muallif shaxsiyati va obrazlar psixologiyasining xususiyatlarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qilgan.