O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati
02.05.2018

Diqqat tanlov!!!

    2018 yil 1 maydan 15 maygacha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirining 2018 yil 18 aprelg’ kuni 350-sonli buyrug’i ijrosini tahminlash maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba yoshlari o’rtasida “Jaholatga qarshi mahrifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularida ijodiy maqolalar tanlovi e'lon qilinadi.

    “Jaholatga qarshi mahrifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularida tanlovga ishtirok etmoqchi bo’lgan talaba yoshlar quyidagi nizom asosida yozilgan ijodiy maqolalar institut mahnaviyat va mahrifat markaziga elektron shaklda topshirishingiz so’raladi.

Tanlov bir bosqichda o’tkaziladi.

Tanlov g’oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta'sis etilgan:

“Jaholatga qarshi mahrifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi maqolalar ko’rik-tanlovi Rsepublika g’olibi maxsus diplom va O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ikkinchi o’rinni olgan ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 7 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Uchinchi o’rinni olgan ishtirokchi diplom va eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

diktant.jpg

Jaholatga qarshi mahrifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularidagi ijodiy maqolalar tanlovi nizomi

I. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu tanlov O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vaziri I.Madjidov hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Kuranbaev tomonidan 2017 yil 28 dekabrda imzolangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora- tadbirlar dasturi”ning 21-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etiladi.     

1.2. “Jaholatga qarshi mahrifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzula-ridagi tanlovga fakultetlarda tahsil olayotgan talabalar o’zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.   

1.3. Tanlov “Eng yaxshi maqola” yo’nalishida o’tkaziladi.

Tanlovning fakultet bosqichlarini tashkil etish va o’tkazish  jarayoni fakultetlarning “Mahnaviyat va mahrifat” ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

II. Tanlovning madsadi va vazifalari

2.1. Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o'rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini tahminlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo'shilib ketishining oldini olish, institutda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, o’z idtidorlarni namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega istedodli yoshlarni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

2.2. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

- yoshlar o’rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, ularni turli ekstremistik odimlarga qo’shilib ketishining oldini olish;    

- yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma'naviy- ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish;

- yoshlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, o’z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega istedodli yoshlarni har tomonlama rivojlantirish;

- yoshlarda yot ta'sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;

- chora-tadbirlar dasturining mazmun-mohiyati targ’iboti ta'sirchanligini oshirish;

- yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma'naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalash;

- Jaholatga qarshi ma'rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularidagi talabalarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish.

III.Tanlovni o’tkazish bosqichi va muddatlari

3.1. “Jaholatga qarshi ma'rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularidagi tanlov institut miqyosida ikki bosqichda o’tkaziladi.

Birinchi bosqich – fakultetlardagi akademik guruhlarning talabalari o’rtasida joriy yil aprel oyining oxirgi o’n kunligida o’tkaziladi.

Ikkinchi bosqich - oliy ta'lim muassasasi miqyosida fakultetlararo ularning g’oliblari o’rtasida may oyining birinchi o’n kunligida o’tkaziladi.

Uchinchi bosqich (yakuniy) -respublika OTM g’oliblari o’rtasida joriy yil iyun oyining uchinchi o’n kunligida o’tkaziladi.

IV. Tanlovni tashkil etish va o’tkazish

4.1. Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichini o’tkazish bo’yicha oliy ta'lim muassasasi rektori buyrug’i bilan Tashkiliy qo’mita va soha professor-o’qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay'ati tuziladi.

Talabalar tomonidan yo’nalishlar bo’yicha tayyorlangan ijodiy ishlar fakultetlar va OTM kesimida tuzilgan Hakamlar hay'ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi.

IV.Tanlov shartlari va baholash mezonlari

Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:

- mavzuning mazmun-mohiyati to’laqonli ochib berilganligi;

- ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to’g’ri yozilganligi; mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

- mavzuni yoritishga o’ziga xos ijodkorlik hususiyatlari ifoda etilganligi;

- mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;

- mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to’g’risida takliflar keltirilganli.                  

Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 60 ball) hamda maqolalar talabalar tomonidan yozma shaklda bayon etiladi. 

IV. Xujjatlarni taqdim etish tartibi

1. Fakultetlarda ikkita yo’nalish bo’yicha g’olib bo’lgan, 1- va 2-o’rinni egallagan talabalarning hujjatlari (Fakultet Tashkiliy qo’mitasi bayonnomasi va qarori, g’olib bo’lgan talabaning ijodiy materiallari va 10x15 hajmdagi fotosurati) Institut Tashkiliy qo’mitasiga joriy yilning 10 mayiga qadar 2 nusxa yozma, 1 nusxa elektron variantda taqdim etiladi.

2. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o’zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompyuterning Word dasturida, Times New Roman shriftida 1 intervalda, chapdan 30 mm, o’ngdan 15 mm, yukori va pastdan 25 mm joy qoldirgan xolda yozilgan bo’lishi, hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo’lishi shart. Yozma materiallarning 1-nusxasida talabalarning uqish joyi, fakulteti, kursi va ta'lim yo'nalishi tuliq ko'rsatiladi. 2-nusxasida uqish joyi. fakulteti, kursi va ta'lim yo'nalishi ko’rsatilmaydi.

3. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi. 

VI. Tanlov g’oliblarini taqdirlash

1. Tanlovning birinchi va ikkinchi boskichida yuqori (1,2,3) o’rinni egallagan talabalar fakultetlar tomonidan maxsus diplom va kimmatbaho sovg’alar, shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar ta'lim muassasasining fahriy yorliqlari bilan taqdirlanadi. Yukori (1,2,3) o’rinni egallagan talabalarning ijodiy ishlari ta'lim muassasasi gazeta va jurnallarida yoritiladi.

Shuningdek, g’olib talabalar Institutning fahriy yorlig’i bilan taqdirlanadi. Talabalarning eng sara ijodiy ishlari Respublika gazeta va jurnallarida yoritiladi xamda aloxida to’plam shaklida nashr etiladi.