O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati
10.04.2018

Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

     2018 yil 10-aprel kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutining faollar zalida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan institutning iqtidorli talabalari ishtirokida “Amir Temur – fahrimiz g’ururimiz” mavzuida Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

      Tadbirni institut mahnaviy-marifiy ishlar bo’yicha prorektori Qayumov Marufjon Usmonovich ochib berdi. Amir Temurning tariximizda tutgan o’rni, mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimizning nomini tiklash yuzasidan qilingan ishlar to’g’risida fikr bildirdi.

12.jpg



 So’zni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri M.Alixanov davom ettirib, Amir Temurning yirik va qudratli davlat tuzishi, mamlakatni obodonlashtirish borasida olib borgan ishlari, madaniyat, sanhat va fanga qilgan homiyligi borasida to’xtalib o’tdi.

13.jpg



 Shundan so’ng, institut talabalari tomonidan tayyorlangan Amir va To’xtamishxon haqidagi saxna ko’rinishi namoyish etildi. Shundan so’ng institut talabalari o’zlarining Amir Temur to’g’risidagi bilimlarini namoyish etishdi.

16.jpg

Shundan so’ng institut talabalari o’zlarining Amir Temur to’g’risidagi bilimlarini namoyish etishdi.

17.jpg

Tadbirning yakunlovchi qismida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi, t.f.n. K.Vohidova so’zga chiqib, Amir Temurning xalqimiz oldida qilgan xizmatlari to’g’risida o’z fikrlarini bildirdi.

19.jpg


xxx.jpg


21.jpg