O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati
11.05.2018

9-may “Xotira va qadrlash kuni”

9-may “Xotira va qadrlash kuni”

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani o‘rinbosari I.Ismoilov hamda bir guruh fakultetning faol va iqtidorli talabalari:

8au-16 gurux talabasi N.Malikov, 2u-15 gurux talabasi Sh.Isaqjonova, 4u-16 gurux talabasi N.Jaloliddinova 15bu-15 gurux talabalari D.Abdulxamidova, Sh.Turg‘unovalar Mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida xalok bo‘lgan Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog‘i Chortoq ko‘chasi 84-xonadonda istiqomat qilgan marhum, oddiy askar Shoabdullaev Solijon Shojalilovichning oilasiga tashrif buyurdilar. Xonadon egalarining holidan xabar olib, institut jamoasi nomidan Sh.Isaqjonova tomonidan Solijon rasmi chizilgan lagan va boshqa esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi. Shu bilan birga D.Abdulxamidova, Sh.Turg‘unovalar tomonidan o‘z ijodlariga mansub she’rlardan o‘qib xonadon ahliga taqdim etdilar. Tashrif davomida Shoabdullaev Solijon qabri ustiga gullar qo‘yilib, qur’on tilovat qilindi.