O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati

Axborot resurs markazi

 Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot resurs markazi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20-iyundagi "Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g’risida"gi PQ-381 sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2006 yil 23-iyundagi 135-sonli buyrug’i hamda ushbu buyruq ijrosini ta`minlash yuzasidan Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining 2006 yil 13-iyuldagi 84-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.

 Namangan viloyati hokimligining 2006 yil 24-iyundagi 154-sonli qarori va Namangan shahar hokimligining 11-iyuldagi 585-sonli qarori Namangan viloyat madaniyat va sport ishlar boshqarmasiga qarashli Namangan shahridagi Marg’ilon ko`cha "Olvalizor" MFY binosida joylashgan mahalla kutubxonasi, "Atanganguzar" MFY binosida joylashgan mahalla kutubxonasi, "Axsikent" mahalla choyxonasida joylashgan kutubxona, "Go`zal" mahallasida "Chiltonlar" masjidida joylashgan kutubxona, Namangan shahar "O`zbekiston MFY, 3-uy 2-xonadonda joylashgan kutubxona institut Axborot-resurs markazi balansiga o`tkazib berilgan.

 2006-2015 yillar davomida institut Axborot-resurs markaziga Shukrullo Sayfiddinov rahbarlik qildi, 2015 yilda Abduvali Akramov rahbarlik qildi. Hozirgi kunda Axborot resurs markazi rahbari vazifasini bajaruvchi Tojiahmedov Sharifjon Rahimjonovich.

 2013-2015 yillar davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti va institut Axborot resurs markazi to`la rekonstruktsiya qilinib, institut talabalari, professor-o`qituvchilar va xodimlarning mustaqil ishlashlari uchun 1338.5 M2 maydonga ega bo`lgan va umumiy fondi 22894 nomda 143058 ming nusxada adabiyotlar fondiga ega bo`lgan zamonaviy "Axborot resurs markazi"ga aylantirildi.

 Institut rahbariyati tomonidan Axborot-resurs markazining moddiy texnika bazasini mustahkamlab borishga xam alohida e`tibor qaratilib Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligining amaliy yordami bilan 2014 yili institut 52 ta ohirgi rusumdagi kompyuter jamlanmasi, 2 ta printer, 6 ta skaner apparatlari markazga taqdim etilgan. Markazda bugungi kunda 68 ta kompyuter jamlanmasi, 4 ta printer, 7 ta skaner va boshqa orgtexnika vositalaridan foydalanib kelinmoqda. ARMda 52 ta o`rindiqqa mo`ljallangan, lokal va internet tarmoqlariga ulangan 2-ta kompyuter sinfi mavjud bo`lib, lokal tarmoq tezligi 100 mb/sekni, internet tarmog`ining tezligi esa 10 mb/sekni tashkil etadi.

 ARM xodimlari tomonidan hozirgi kungancha 4200 dan ortiq nomdagi darslik, o`quv qo`llanmalar va boshqa adabiyotlarning elektron shakllari tayyorlandi.

 Institut "Talabalar turar joyi"da yashovchi talabalar uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 67247nomdagi kitob fondiga ega bo`lgan abonement bo`lim, 14660 ta kitob fondiga ega bo`lgan 36 o`rinli o`quv zali, 12 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy kompyuterlar jamlanmasiga ega kompyuter zalida axborot kutubxona xizmati ko`rsatish yo`lga qo`yilgan.



Axborot resurs markazi tarkibi


Dolimov Abdulaziz Solijonivich

Qabul vaqti: 15:00 - 17:00

Telefon: (+99869) 228-76-72

e-mail: arm@nammti.uz

Faks: (+998 69) 228-76-75


Tojiahmedov Sharifjon Rahimovich

Lavozimi: Bo'lim mudiri
Qabul vaqti: 15:00 - 17:00
e-mail: arm@nammti.uz
Faks: (+998 69) 228-76-75

Ortiqov Ulug`bek Toxirjon o`g`li

Lavozimi: Bo'lim mudiri
Qabul vaqti: 15:00 - 17:00
e-mail: arm@nammti.uz
Faks: (+998 69) 228-76-75

Zulfiqarova Dilfuza G`ulomjanovna

Lavozimi: Bo'lim mudiri
Qabul vaqti: 15:00 - 17:00
e-mail: arm@nammti.uz
Faks: (+998 69) 228-76-75