O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi

 Namangan muhandislik-texnologiya instituti Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi 2011 yil aprel oyida tashkil topgan.

 Bo’lim "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta`lim to’g’risida"gi qonunlar asosida institutga biriktirilgan Namangan viloyatida joylashgan 2 ta akademik litsey va 31 ta kasb-hunar kollejlari bilan ma`naviy, o’quv-uslubiy, ilmiy hamkorlik aloqalari olib boradi;

 Institut rahbariyati biriktirilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari, o’qituvchilari uchun institut professor-o’qituvchilari ilmiy salohiyatidan unumli foydalanishda sharoitlar yaratib bermoqda. Hamkorlik shartnomasiga asosan institutdagi barcha kafedralarga ta`lim yo’nalishlaridan kelib chiqib akademik litsey va kasb-hunar kollejlari taqsimlangan.

 Kafedra professor-o’qituvchilari reja asosida litsey va kollejlarda "ochiq darslar" tashkil etishi, kollej o’qituvchilarini darslarini kuzatishi orqali ularga metodik maslahatlar berishi, har chorakda talabalarni bilimini test o’tkazish bilan fanlardan o’zlashtirishni monitoring qilishi, tegishli fanlar kesimida o’quv-uslubiy majmualardan, o’quv qo’llanma va uslubiy ishlardan yordam berishi, yilning turli muhim sanalariga bag’ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ishtirok etib borishi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, institut ilmiy kengashining qaroriga asosan har haftaning payshanba kuni "ochiq eshiklar" kuni deb e`lon qilingan.O’tayotgan o’quv yili davomida 2550 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari institutdagi o’quv jarayoni, ta`lim yo’nalishlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi "oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ 1533-sonli qarori ijrosini ta`minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 iyuldagi "Namangan muhandislik –iqtisodiyot institutini Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirish to’g’risida" gi 212-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.



Bo'lim boshlig'i


-

Telefon: (+998 69) 228-76-74

Qabul vaqti: 15:00 - 17:00

e-mail: alvkhk@nammti.uz

Faks: (+998 69) 228-76-75