O'lcham:
AAA
Rang:  CCC
Rasmlar:  Yoq.O'ch.
Sahifaning oddiy holati

Kimyo texnologiya fakulteti


Fakultet haqida


Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining Namangandagi o'quv-maslahat shoxobchasi 1982 yilda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining Namangan filialiga aylantirildi, Institut Ilmiy Kengashining 2011 yil 29 avgustdagi 1-sonli yig'ilish qarori bilan "Kimyo-texnologiya" fakulteti tashkil etildi.

2011-2013 yillarda fakultet dekani vazifasida t.f.n., dotsent B. Mizaboyev, 2013-2016 yillarda k.f.n. O.Ergashev fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

2016 yil dekabr oyidan boshlab fakultet dekani vazifasida texnika fanlari nomzodi A.Mamaxonov faoliyat yuritib kelmoqda.

Kimyo-texnologiya fakulteti institutning o’quv-ilmiy va ma`muriy tarmoғi hisoblanib, fakultetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq 5321000-“Oziq-ovqat texnologiyasi”, 5320800-“Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi”, 5410500-“Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” va 5320400-“Kimyoviy texnologiya” ta`lim yo’nalishlari hamda 5A320407-“Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani yuqori malakali mutaxassislari tayyorlash amalga oshirilmoqda.

Hozirda fakultetda “Tillar”, “Jismoniy tarbiya va sport”, mutaxassislik kafedralari hisoblangan “Kimyo”, “Kimyoviy-texnologiya”, “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda fakultet bo’yicha jami 70 nafar professor-o’qituvchilar mavjud bo’lib, ulardan 60 nafari asosiy shtatda, 10 nafari o’rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqdalar. Professor-o’qituvchilarning, 1 nafari fan doktori, 14 nafari fan nomzodi, dotsent, shuningdek, 15 nafari katta o’qituvchi hamda 40 nafari assistentlardan tashkil topgan.

Fakultet ma'muriyati


Fakultet dekani


Mamaxonov A'zam Abdumajitovich

Fakultet manzili:
NamMTI 3–bino, 2–qavat
Telefon:
(+99869)2326522,
Faks:
(+99869)2287675
Elektron pochta:

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini


Ibragimov Isroil Usmonovich

Telefon:
(+99869)2326522, (+99893)6770521
Elektron pochta:

Ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha dekan muovini


Aliyev Elmurod Botirjonovich

Telefon:
(+99869)2326522, (+99893)4954343
Elektron pochta: