Kimyo texnologiya fakultetida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutining Kimyo texnologiya fakultetida “Qadriyat, urf-ofat, an’ana va talabalar!” festivali tashkil etildi.

Yoshlar sayliga aylanib ketgan bayramona ko‘rgazmalarda institut rektori Odiljon Mamatkarimov, barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, bayram dasturlari davomida 7 ta qozonda osh musobaqasi, bahoriy va milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Navro‘zni, tinchlikni, go‘zallik va nafosatni tarannum etuvchi kuyu-qo‘shiqlar festivalga yana o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Insitut bo‘ylab bayram sayllari davom etmoqda.

Translate »