+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Namangan muhandislik-texnologiya institutida yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining kengaytirilgan Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda institut rektori O.Mamatkarimov ishtirok etib nutq so’zladi. O’tgan davr davomida institutda yoshlar tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi fikr mulohazalar bildirildi. 2019-yil 27-dekabr kunida Mamlakatimiz rahbari yoshlar vakillari bilan o’tkazgan muloqoti davomida yoshlarga xukumat darajasida katta ichonch bildirilganligi takidlandi. Shundan kelib chiqib, 2020-yil davomida yoshlar bilan ishlashda NamMTI tajribasi sifatida qator loyihalar amalga oshiriladigan bo’ldi. Birgina misol: Bugungi kunda Namangan muhandislik-texnologiya instituti 20 dan ortiq mamlakatlardagi nufuzli oily ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yganligi, xalqaro o’quv yurtlariga talabalar almashinuvi dasturi orqali institut talabalari yuborilishi bu jarayonda esa yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotini tavsiya berish jarayonlarida ishtirok etishi belgilandi.
Shuningdek, talaba yoshlar tomonidan institutda yoshlar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish maqsadida qator takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi. Takliflar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, amaliyotga joriy etilishi bo’yicha kelishib olindi.
Yig’ilish davomida institut yoshlar yetakchisi M.Ergashevning axboroti ham tinglandi. Bundan tashqari Namangan muhandislik-texnologiya instituti yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yoshlar Kengashi tarkibi talabalar tomonidan tasdiqlandi.