Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlatish kafedrasi

Kafedra mudiri

Misirova Surayyo Abdumutalovna

Kafedra tarkibi
  • S.A.Misirova-kafedra mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • B.Axmedov-kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi
  • A.Nasriddinov-kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi
  • N.Melanova-kafedra katta o‘qituvchisi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • A.Amanov-kafedra katta o‘qituvchisi
  • O.Husanova-kafedra katta o‘qituvchisi
  • Abdurahmonov Muhtaraali Obduvohodov – katta o’qituvchi

  • Xurramova Xatichaxon – katta o’qituvchi

  • I.Qurbonov-kafedra assistenti
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonnomasining 45-bandida “Namangan viloyatida gulchilikni rivojlantirish, shu jumladan, bu sohada Koreya respublikasi mutaxassislari bilan hamkorlik qilish, viloyatda gulchilikni rivojlantirishni ilmiy asosda o‘rganish, Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshida kafedra tashkil qilish, har bir tuman hokimligi huzurida gulchilik bo‘limlarini tashkil qilish” keltirilgan. Ushbu  bayonnomaning ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatida gulchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017 yil 16 oktyabr 830-sonli qarorining 5-bandida “Namangan viloyatida zamonaviy landshaft asosida gulzorlar va xiyobonlar barpo etish maqsadida gulchilik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va tadbirkorlik sub’ektlarining talab va extiyojlari asosida 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi tashkil etish” masalasi qo‘yildi. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirining 2017 yil 20 oktyabrda 778-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Ushbu buyrug‘ning ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan muhandischlik-tehnologiya instituti rektorining 2018yil 30 avgustdagi 625-buyrug‘i asosida «Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlashtirish» kafedrasi mutaxassislik kafedrasi sifatida 2018 yil 3 sentyabrdan tashkil etildi va shu kunga qadar kafedra mudiri sifatida Misirova Surayyo Abdumutalovna  boshqarib kelmoqda.

Kafedrada bugungi kunda 6 nafar professor-o’qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 4 nafari fan nomzodlari, (ulardan ikki nafari dotsent), 1 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar assistent va 3 nafar o’quv-yordamchi xodimlar bazaviy ma’lumoti bo’yicha faoliyat ko’rsatmoqda. 2018-2019 o’quv yilida kafedraning ilmiy salohiyati 67% ni tashkil etadi.

Kafedrada 2018-2019 o’quv yilidan 5411200 – “Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlashtirish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlamoqda.

Kafedrada“Botanika va o’simliklar fiziolgiyasi”, “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashni mexanizatsiyalashtirish”, “Biofizika”, “Manzarali bog’dorchilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish”, “Qishloq xo’jaligi biokimyosi”, “Entomologiya va o’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilish”, “Tuproqshunoslik va agrokimyo”, “Ekalogiya”, “Ekalogiya va atrof-muhitni muxofaza qilish”, “Sanoat ekalogiyasi” “Kasb maxorati” “Biologiya va genetika” “Qishloq xo’jaligi biotexnologioyasi va mikrobiologiya” kabi bir qator fanlar o’qitiladi. Kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan o’quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan bo’lib, o’quv mashg’ulotlari zamonaviy axborot vositalari va ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.

 Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Lola (Tulipa L.) o‘simligining bioxilmaxilligi va uni O‘zbekiston sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi”,“ Obosnovanie parametrov chizelya –kultivatora s uprugimi stoykami v zone xlopkoseyaniya” mavzusidagi doktorlik ishlari,“ Gollandiyada o‘stiriladigan lolaning (Tulipa L.) o‘zbekistonda intraduksiyasi”, “Farg‘ona vodiysi tog‘ va tog‘ oldi xududlarida n foydalanishning bioekologik jixatlari” mavzusidagi PhD ilmiy tadqiqot ishlari olib brilmoqda.

Kafedrada 2018 yil mobaynida 3 ta monografiya 1 ta o‘quv qo‘llanma va OAK e’tirof etgan  yuqori ipak faktorli jurnallrada 4 ta va o‘zbekiston jurnallrarida esa 5 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi.

             Xozirgi kunda Namangan viloyati xokimligi bilan hamkorlikda “Gulchilikni rivojlantirish markazi” qoshida “Biotexnologiya” ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasini tashkil etish bo’yicha bino loyihasi va olinishi kerak bo’lgan zamonaviy jihozlar ruyhati va ularning joylashishi tayyorlandi. Zamonaviy laboratoriya jihozlarini o’rganish va in vitro (steril sharoitda alohida idishlarda o’simliklarni ko’paytirish) sharoitida o’simliklarni mikroklonal ko’paytirish va xromosomalar nabori gaploid to’plamli o’simliklar avlodlarini olish bo’yicha halqaro andozalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishni o’rganish maqsadida NamMTIdan Biologiya ilmiy-tadqiqot institutiga stajirovkaga 10 ta yosh mutaxassis  xodimlar yuborildi.

 

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi bir qator iste’molchilar (ishlab chiqarish korxonalari) bilan xamkorlik aloqalarini shartnoma asosida olib bormoqda, jumladan Namangan viloyati “Agroximoya” DUK, Namangan viloyati “Bioserviz” MCHJ , Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Gulchilikni rivojlantirish markazi” DUK, Namangan viloyati  “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi” Namangan viloyati  “Epidimologiya sanitariya dispanseri”, “Ifoda agroximoya” MCHJ va boshqalar.

Ushbu iste’molchilar (ishlab chiqarish korxonalari)da talabalar amaliyotlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv jarayoni jadvaliga mufoviq amalga oshirilib kelinmoqda. Professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan korxonalarda mavjud texnik-texnologik muammolarni o‘rganish asosida  yosh olimlarning ilmiy izlanishlari (PhD),  bitiruv malaka ishlari, kurs loyiha va kurs ishlari mavzulari shakllantirilib ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

SHuningdek, yuqorida nomlari keltirilgan ishlab chiqarish korxonalarining zamonaviy moddiy-texnika  bazalaridan ilmiy tadqiqot ishlari hamda “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi”, “Tuproqshunoslik va agrokimyo”, “Manzarali bog‘dorchilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish”, “Qishloq ho‘jalik mahsulotlarining biokimyosi”, “Qishloq ho‘jaligi biotexnologiyasi va mikrobiologiya”, “Entomologiya va o‘simliklarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilish”, “Ekologiya” fanlaridan ayrim laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

 Namangan viloyati xokimligi bilan hamkorlikda “Gulchilikni rivojlantirish markazi” qoshida “Biotexnologiya” ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasini tashkil etish bo’yicha bino loyihasi va olinishi kerak bo’lgan zamonaviy jihozlar ruyhati va ularning joylashishi tayyorlandi. Zamonaviy laboratoriya jihozlarini o’rganish va in vitro (steril sharoitda alohida idishlarda o’simliklarni ko’paytirish) sharoitida o’simliklarni mikroklonal ko’paytirish va xromosomalar nabori gaploid to’plamli o’simliklar avlodlarini olish bo’yicha halqaro andozalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishni o’rganish maqsadida NamMTIdan Biologiya ilmiy-tadqiqot institutiga stajirovkaga 10 ta yosh mutaxassis  xodimlar yuborildi.

 

Kafedra jamoasi taklifiga ko’ra, 2018 yil 5-7 aprel kunlari NamMTIga Ryazan davlat agrotexnologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi) vakili texnika fanlari doktori Rembalovich Georgiy Konstantinovich tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida G.Rembalovich institutning laboratoriya xonalari bilan tanishdi, institut olimlari bilan suhbatlashdi hamda tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar bilan davra suhbati o’tkazdi.

Davra suhbatida olim o’zi ishlaydigan universitetda o’quv va ilmiy jarayonlar haqida, xorijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish tartibi hamda universitet yutuqlarini taqdimot ko’rinishida ma’ruza qildi, professor-o’qituvchilar hamda talabalarining savollariga atroflicha javob berdi. Tashrif chog’ida ikkala davlat Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Kafedra manzili: NamMTI, 3–bino, 3–qavat