Umumtexnika fanlari kafedrasi

Kafedra mudiri

Xaydarov Xabibullo Xamidullaxonovich

Kafedra tarkibi

 

  • Xaydarov Xabibillo — kafedra mudiri
  • Isaxanov Xamidxon — dotsent
  • Karimov Abdusamat — katta o‘qituvchi
  • Baxriddinov Sayfiddin — dotsent
  • Abduqaxxarov Zoxidjon — dotsent
  • Raximov Yaxyoxon — katta o‘qituvchi
  • Azambaev Muxammadjon — assistent
  • Maxmudov Abrorxon — assistent
  • Aliev Botirjon — assistent
  • Imomqulov Shuxratjon — assistent
  • To’xtaboyev Moxirjon — assistent
  • Jumanazarova Zuxraxon — assistent
  • Tojiboyeva Iroda — kabinet mudiri
  • Primqulova Umida — laborant
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

“Umumtexnika fanlari” kafedrasi 1975 yilda Namangan o‘quv maslahat bo‘limidagi yagona kafedra sifatida tashkil topgan.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi 12 nafarni tashkil etadi. Shundan  5 nafar fan nomzodlari (4 nafari dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi), 1 nafar kata o’qituvchi 6 nafar assistent va 2 nafar texnik xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 43 % ni tashkil etadi.

Professor-o’qituvchilar har yili O’zMU, TTESI, TKTI, ToshDTU va FarDU qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazlarida o’z mutaxassisligi bo’yicha malakalarini oshirib malaka attestatiga ega bo’lishmoqda.

Professor-o’qituvchilaridan A.Karimov БА-А-тех.2018-2020 yillarga mo’njallangan №114 raqamli amaliy loyixada katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bormoqda.   

Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublika va viloyat miqiyosida o’tkaziladigan Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

Ilmiy-pedagogik hamkorlik bo’yicha Rossiya Federatsiyasining Ural Davlat kasbiy pedagogika  universiteti, Ryazan Davlat agrotexnologiya universiteti, Qozon agroinjinerlik Universiteti, Qirg’iziston Respublikasi O’sh texnologiya universitetlari bilan o’zaro hamkorlik  shartnomalari tuzilgan. Mazkur shartnomalar asosida kafedra professor-o’qituvchilari hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar.

            Shuningdek. kafedra Respublika fanlar akademiyasi Mexanika instituti, O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Avtomabil Yo’llarini loyihalash, ekspluatatsiya va qurish Instituti, Toshkent to’qimachilik va yengil sano’at instituti, Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti,  Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Namangan Muhandislik- Qurilish Institutlari bilan ilmiy-uslubiy  hamkorlikda samarali faoliyat olib borishmoqdalar.

            2020 yil yanvar oyida kafedra assistenti B.Aliyev Malaziya xalqaro islom universiteti  bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko’ra  ikki hafta davomida “Student mobility program to the international islamic university Malaysia” mavzuda tashkil etilgan kursida malaka oshirib qaytdi.

Kafedra manzili: NamMTI 6–binо