+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

14 yanvar “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan  “Tinchligingga jonim fido muqaddas Vatan!” mavzusi doirasida 2020 yilning 13 yanvar kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori O.Mamatkarimov boshchiligida, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M.Qayumov, “Kimyo-texnologiya” fakulteti dekani O.Ergashev, dekan muovini A.Soliyev hamda fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Abdurashidovlar Namangan viloyati, Chortoq tumani, Koroskon qishlog‘i, Chortoq ko‘chasi 84-xonadonda istiqomat qilgan, 42/219 harbiy qismda xizmat qilgan marhum oddiy askar Shoabdullayev Solijon Shojalilovichning oilasiga tashrif buyurdilar. Xonadon egalarining holidan xabar olib, “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklab, institut jamoasi nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.