Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar kafedrasi

Kafedra mudiri

Erkaboyev Ulug‘bek Inoyatillayevich

KAFEDRA TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar” kafedrasi 2017 yil institut Kengashi qarori bilan tashkil etilgan bo’lib, kafedrada  hozirga qadar 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, 5321700-Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsiya tizimlari va 5111000-Kasb ta’limi informatika va axborot texnologiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublikamizning ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari uchun yetuk kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori (DSc), 1 nafar falsafa doktori (PhD), 3 nafar fan nomzodi, 6 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistent, 1ta kabinet mudiri va 1 ta laborant faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Ilmiy salohiyat 28 foizni tashkil qiladi. Kafedra a’zolari safini keyingi 2 yilda yosh kadrlar bilan to’ldirildi, natijada kafedrani o’rtacha yoshi 36 yoshga keltirishga erishildi.

Kafedra tarkibi

Erkaboyev Ulug’bek Inoyarillayevich – Kafedra mudiri

2000-2004 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, 2006-2008 yy. – Andijon davlat universiteti magistranti, 2014-2015 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi 2015-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika-Quyosh” IIChB Fizika-texnika instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2017-2019 yy. – Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar” kafedrasi dotsent v.b.
2019 y. – h.v. – Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri

To‘raqulov A’zamjon Abdullaevich – Dotsent

1978-1983 y. – Toshkent davlat universiteti talabasi , 1990-1993 y. – Novosibirsk davlat universiteti aspiranti, 1993-1997 y. – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Oliy matematika» kafedrasi assistenti, dotsenti, 1997-1999 y,. – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti  Hisoblash markazi boshlig‘i, 1999-2005 y. – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Iqtisodiyotda axborotlar tizimi» kafedrasi muhandisi, kafedrasi mudiri, 2008-2009 y. – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Amaliy matiematika» kafedrasi dotsenti, 2009-2011 y. – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Amaliy matiematika» kafedrasi mudiri, 2015-2017y.- Namangan muhandislik-texnologiya instituti dotsenti. 2018 y.- x.v.- Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar» kafedrasi dotsenti

Abdullaev Xakimjon Olimjanovich – Dotsent

1977-1981 y. – Namangan davlat pedagogika instituti talabasi, 1981-1983 y. – Zadaryo tumani 3-maktab o‘qituvchisi, 1983-1987 y. – Namangan davlat pedagogika instituti fizika kafedrasi laboranti, 1987-1990 y. – A. F. Ioffe nomidagi Sank Peterburg instituti aspiranti, 1990-2013 y. – Namangan davlat universitetining fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi 2014-2017 y. – Namangan muhandis-texnologiya instituti fizika kafedrasi dotsenti, 2017- y. x. v – Namangan muhandis-texnologiya instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish va informatsion texnologiyalar kafedrasi dotsenti

Ismanova Klara Do‘lonboevna – Dotsent

Qodirov Dilmurod To‘xtasinovich – Katta o‘qituvchi (PhD)

Tojiboev Aripjon Abdurashidovich – Katta o‘qituvchi

Mullajanova Fotima To‘ychiboevna – Katta O‘qituvchi

Uzoqov Farxod G‘affarovich – Katta O‘qituvchi

Raximov Rustam G‘ulomjanovich – Katta O‘qituvchi

Roxmonov Durbek A’zamovich – Katta o‘qituvchi

Djuraev Sherzod Soxibjanovich – Assistent

Mirzaev Jasur Isroilovich – Assistent

Jabbarov Anvar Mansurjonovich – Assistent

Ismanov Muxammadziyo Abdusamat o‘g‘li – Assistent

To‘xtasinov Davron Xoshimjon o‘g‘li – Assistent

Xaydorov Baxtiyor Abdullajon o‘g‘li – Assistent

Sayidov Nozimjon Abdulnosirovich – Assistent

Isomaddinov Usmonali Ma’murjanovich – Assistent

Negmatov Ulug‘bek Mirzabaxram o‘g‘li – Assistent

Xodjaev Xamidullo Xamdamjon o‘g‘li – Kabinet mudiri

Kafedraning ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlari

Kafedrada professor-o’qituvchilari tomonidan 2016-2019 yillarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuningdek, 2 ta monografiya, 2 ta Dasturiy mahsulot uchun guvohnoma hamda 120 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar chop ettirilgan va kafedra tasarrufidagi 50 dan ortiq fanlar bo‘ycha o‘quv uslubiy majmualar yaratildi, uning elektron ko’rinishi institut ARM va ZIYONET ga taqdim etilgan. 2017-2019 yillarda kafedrada 1 ta PhD (U.I.Erkaboev) va 2 ta fan doktori (DSc) (N.YU.SHaribaev, U.I.Erkaboev) dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Kafedra tasarrufida videoproektor bilan ta’minlangan 2 ta ma’ruza xonasi, 6 ta tajriba va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun moslashtirilgan laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, o’quv jarayonlariga tegishli zamonaviy kompyuter va elektron doskalar bilan jihozlangan.  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan (dotsent A.A.To‘raqulov, kat.o‘q. F.T.Mullajonova, assistentlar J.Mirzaev va A.Jabborov) har o‘quv yilida turli fanlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinib, institutda ta’lim xizmatlarini yaratish va byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha sezilarli ravishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. SHu bilan birga kafedra bir qator ishlab chiqarish korxonalari bilan muntazam ravishda hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelinmoqda. Jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilaridan dotsent H.O.Abdullaev, katta o‘qituvchi A.A.Tojiboev va assistent SH.Djo‘raevlar talabalar bilan malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalari (“MEXMASH” MCHJ, Namangan viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, “Namangan momiq sochiqlari” MCHJ, “Kosonsoy paxta tozalash” AJ va “Namangan vino” AJ) bilan amalga oshirishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi 5 yilda (2014-2019 yillar) Times Higher Education (THE) reyting agentliklari tomonidan tan olingan Elsevier kompaniyasining Scopus xalqaro ilmiy-texnik bazalar ro‘yxatida mavjud yuqori impakt faktorli horijiy ilmiy jurnallarda bir qator ilmiy maqolalar chop etilgan. Quyida ularning ro‘yxati keltirilgan:

  1. Gulyamov G., Erkaboev U.I., Sharibaev N.Yu. Effect of temperature on the thermodynamic density of states in a quantizing magnetic field // 2014, -vol. 48, No.10, pp. 1323-1328. (SCOPUS, IF=0.76; https://www.scopus.com/sourceid/29834?origin=resultslist)
  2. Gulyamov G., Erkaboev U.I., Sharibaev N.Yu. The de Haas-van Alphen effect at high temperatures and in low magnetic fields in semiconductors // Modern physics letters B, 2016, 30, No.7. r.1-7. (SCOPUS, IF=0.85; https://www.scopus.com/sourceid/29055?origin=resultslist )
  3. Gulyamov G, Erkaboev U.I., Baymatov P.J. Determination of the density of energy states in a quantizing magnetic field for model Kane // Advances in condensed matter physics. 2016, Article ID 5434717,-P.1-5. (SCOPUS, IF=1.01; https://www.scopus.com/sourceid/18300156712?origin=resultslist).
  4. Gulyamov G, Erkaboev U.I., Gulyamov A.G. Influence of pressure on the temperature dependence of quantum oscillation phenomena in semiconductors // Advances in condensed matter physics. 2017, Article ID 6747853,-P.1-6. (SCOPUS, IF=1.01; https://www.scopus.com/sourceid/18300156712?origin=resultslist).
  5. Gulyamov G., Erkaboev U.I., Sharibaev N.Yu., Gulyamov A.G. EMF induced in a p–n junction under a strong microwave field and light // Semiconductors, 2019, Vol.53, No.3, pp.375–378. (SCOPUS, IF=0.76; https://www.scopus.com/sourceid/29834?origin=resultslist).
  6. Gulyamov G., Erkaboev U.I., Gulyamov A.G. Influence of temperature on the oscillations of longitudinal magnetoresistance in semiconductors with a nonparabolic dispersion law // Indian journal of physics, 2019, Vol.93, Iss.5, pp.639-645 (SCOPUS, IF=1.05; https://www.scopus.com/sourceid/145208).
  7. Gulyamov G., Erkaboev U.I., Gulyamov A.G. Shubnikov–de Haas oscillations in semiconductors at the microwave-radiation absorption // Advances in condensed matter physics. 2019, Article ID 3084631, pp.1-5. (SCOPUS, IF=1.01; https://www.scopus.com/sourceid/18300156712?origin=resultslist).
  8. Gulyamov G., Erkaboev U.I., Gulyamov A.G. Magnetic quantum effects in electronic semiconductors at microwave-radiation absorption // Journal of nano – and electronic physics. 2019, Vol.11. 1. pp.01020-1-01020-6. (SCOPUS, IF=0.50; https://www.scopus.com/sourceid/21100210917).
  9. Gulyamov G., Gulyamov A.G., Erkaboev U.I. Thermal stimulation of photocurrent in p–n junctions // Applied solar energy. 2018, Vol.54. No.5. pp.338-340. (SCOPUS, IF=0.90; https://www.scopus.com/sourceid/13320)

Bundan tashqari OAK e’tirof etgan respublika va chet el jurnallarida so‘nggi 5 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari
Kafedra professor-o‘qituvchilari bir qator etuk xorijiy va respublika oliy ta’lim va ilmiy-tekshirish institutlari hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-uslubiy va o‘zaro almashinuv dasturlari asosida muntazam ravishda hamkorlik ishlari olib bormoqda. Quyida ularning ro‘yxati keltirilgan:

  1. Meksika milliy politexnika instituti (fizika-matematika fanlari doktori, akademik YU.G.Gureevich) 
  2. Oslo davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, professor YUriy Galperin)
  3. Rossiya Fanlar Akademiyasi fizika-texnika instituti (fizika-matematika fanlari doktori, professor A.I.Veynger va fizika-matematika fanlari professor N.T.Bagraev)
  4. Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi YArimo‘tkazgichlar fizikasi instituti (fizika-matematika fanlari doktori, professor T.S.SHamirzaev)
  5. Toshkent davlat texnika universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, akademik M.K.Baxadirxanov, texnika fanlari doktori, professor I.X.Siddiqov fizika-matematika fanlari doktori, professor B.E.Egamberdiev)
  6. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fizika-texnika instituti (fizika-matematika fanlari doktori, professor A.S.Saidov, fizika-matematika fanlari doktori, professor A.YU.Leyderman, fizika-matematika fanlari doktori, professor R.A.Ayuxanov, fizika-matematika fanlari doktori SH.N.Usmanov, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim A.G.Gulyamov)
  7. Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti (texnika fanlari nomzodi, dotsent D.A.Xolmatov, texnika fanlari nomzodi, dotsent A.A.Qaxxorov)
  8. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, professor Q.P.Abduraxmonov, fizika-matematika fanlari doktori, professor E.Z.Imamov, fizika-matematika fanlari doktori, professor X.A.Aripov)
  9. Farg‘ona davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, professor R.YA.Rasulov)
  10. Andijon davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori, akademik S.Z.Zaynobiddinov, fizika-matematika fanlari doktori, professor R.Aliev, fizika-matematika fanlari doktori, professor I.N.Karimov)
  11. Namangan davlat universiteti (fizika-matematika fanlari doktori R.Hakimov)
  12. Namangan muhandislik-qurilish instituti (fizika-matematika fanlari doktori, professor G.Gulyamov, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent M.G.Dadamirzaev, texnika fanlari nomzodi, dotsent M.Olimov texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Jakbarov)
  13. “MEXMASH” MCHJ
  14. Namangan viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
  15. “Namangan momiq sochiqlari” MCHJ
  16. “Kosonsoy paxta tozalash” AJ
  17. “Namangan vino” AJ

Kafedra manzili: NamMTI, 1–binо, 4–qavat