Select Page

Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kafedrasi

Kafedra mudiri

Negmatov Bositxon Izzatillayevich

Telefon:

Faks:

E-Mail:

+998 69 228 76 71

Kafedra tarkibi
  • Yuldashev Jamshid Qambaraliyevich-kafedra mudiri, dotsent
  • Meliboev Umarjon Xaydarovich-t.f.n., dotsent
  • Yusupov Sabirjon Abdujabborovich- t.f.n., dotsent;
  • Negmatov Bositxon -katta o`qituvchi;
  • Oqboyev Alisher Rasuljonovich-katta o`qituvchi;
  • Mirxo`jaev Mirjamol Mirkarimovich-katta o`qituvchi;
  • Qosimov Axtam Akramovich-assistent;
  • Abdullaev Azimjon Rasulovich-assisten
Kafedra faoliyati

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi:

5310900–Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (to’qimachilik va yengil sanoat) – ta’lim yo’nalishi – fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo’lib, u sifatli mahsulot va materiallar ishlab chiqarish, sifatli xizmatlar ko’rsatishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatidagi nazariy qoidalar, amaliy vositalar, usullar va uslubiyatlarning majmuasi bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini, havfsizligini baholash va ta’minlash, havfsizlik talablari va ekspluatatsiya shartlariga rioya qilinganda umumiy tejamkorlikka erishishni ta’minlaydigan faoliyatning qoida va me’yorlarini standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni umumlashtirishni va qayd etish vositalari, usullari majmuasini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • sifatni boshqarish sohasida ma’lumotlarni shakllantirish;
  • o’lchash usullari va vositalarini tadqiq etish;
  • korxona va tashkilotlarda sifat boshqaruvini joriy qilish;
  • texnika va informatsion texnologiyalarni yaratish;
  • mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash;
  • mahsulotni sifati va xavfsizligini tekshirishning asosiy tamoyillarini boshqarish mezonlarini yaratish va o’rganish;
  • mahsulotni tarkibi va sifatini tekshirish hamda baholash;
  • tizimli yondoshuv mexanizmlarini tadbiq etish;
  • dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va injeneriyasi;

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

5310900–Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (to’qimachilik va yengil sanoat) – ta’lim yo’nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob’ektlari –texnologik jarayonlar, xom-ashyo va mahsulotlar, korxonalar faoliyatlarida sifatni boshqaruv tizimini loyihalash va amaliyotga joriy etish, mahsulot va sifat tizimini sertifikatlashtirish, sinash, o’lchash, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarini metrologik va me’yoriy ta’minoti, mahsulot sifati nazorati, o’lchash vositalari va uslubiyatlari.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari:

  • ilmiy-tadqiqot;
  • ishlab chiqarish;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • loyihaviy-konstruktorlik;
  • foydalanish va servis xizmati.

Kasbiy moslashuv imkoniyatlari:

 Bakalavr pedagogik qayta tayyorlashdan o’tgandan so’ng o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida maxsus fanlarni o’qitishi mumkin.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

Standartlashtirish, metrоlоgiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqоt instituti (SMSITI); O’zbekiston tabiiy tоlalar ilmiy tadqiqоt instituti; “Yuqori texnologiyalar o’quv-tajriba markazi” DUK; Xitоy Xalq Respublikasining “Donghua” Universiteti; Xitоy Xalq Respublikasining “Wuhan” Universiteti; I.A.Karimоv nоmidagi Tоshkent davlat texnika universiteti; Tоshkent to’qimachilik va yengil sanоat instituti; «O’zstandart» agentligi (O’zbekistоn standartlashtirish, metrоlоgiya va sertifikatlashtirish agentligi); Namangan standartlashtirish va metrоlоgiya bоshqarmasi; Namangan sinоv va sertifikatlashtirish markazi; “SIFAT” xududiy labоratоriyalari; Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish kоrxоnalari. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish kоrxоnalari. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish kоrxоnalari.

Kafedra manzili: NamMTI 4–bino, 2–qavat