Select Page

Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodi kafedrasi

Kafedra mudiri

Tursunov Ulug`bek

Telefon:

Faks:

E-Mail:

+998 69 228 76 71

Kafedra tarkibi
  • Tursunov Ulug`bek – i.f.n.,dоtsent kafedra mudiri
  • Ismoilov Ravshanjon – i.f.n., dоtsent, 
  • Soliyev Ahmadjon – i.f.n.,professor
  • Saidbaev Shermirza – i.f.n.,professor
  • Madiyarov G`ofurjon – i.f.n.,dоtsent
  • Kazakov Olimjon – i.f.n.,dоtsent
  • Ubaydullayev Lulfullo – i.f.n.,dоtsent
  • Shermatov Abdulahad – i.f.n.,dоtsent
  • Sharipov Botirjon – i.f.n.,dоtsent
  • Axmedov Azamjon – i.f.n.,dоtsent
  • Dadajanov Bahtiyor – i.f.n.,dоtsent
  • Bustonov Mansurjon – i.f.n.,dоtsent 
  • Sobirov Ibrohim – i.f.n.,dоtsent
  • Mahkamov Ibrohim – i.f.n.,dоtsent
  • G`aniev Muhamadjon – i.f.n.,dоtsent
  • Negmatov Bositxon – i.f.n.,dоtsent
  • Tursunov Nozimjon – katta o’qituvchi
  • Bekmirzaev Mirzohit – katta o’qituvchi
  • Mamadjanov Shuhratjon – katta o’qituvchi
  • Karimjanova Ranoxon – katta o’qituvchi
  • Kuymuradova Matluba – katta o’qituvchi
  • Abdurahimov Zuhriddin – katta o’qituvchi
  • Mahmudov Tohirjon – assistent
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi

 Fan, ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash maqsadida “Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodi” kafedrasining “O’zpaxtasanoatexport” xolding kompaniyasi va Sado sanoat platasi yagona darcha markazi bilan o‘zaro ilmiy, innovatsion hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

 «Kosonsoy to’qimachi» MChJ ,«NAM TEX» MChJ, « PSB-Antеks GROUP » MChJ, «Nam Impeks Tekstil» MChJ, Qo`qon « Indorama » xorijiy korxonasi, « Aisha-Home Textile » MChJ, «PAPFEN » MChJ, « Toshbuloq-TEKS » MChJ, « Namangan timachi » MChJ, « Namangan momiq sochiq » MChJ, « Mеga tеkstil » xorijiy korxonasi, «Savdo sanoat palatasi namangan viloyat boshqatmasi » bilan kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, kafedra yo‘nalishida bilim olayotgan talabalar, magistrlar va malaka oshirayotgan pedagog xodimlar nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitmoqdalar.

 Hamkоrlikni to’g’ri yo’naltirish uchun kafedraning yetakchi prоfessоr-o’qituvchilari, xоdimlari hamda kоrxоna vakillaridan ibоrat innоvatsiоn guruh tashkil etilgan. Korxonalar bilan ilmiy hamkorlik 4 ta magistrlik dissеrtatsiyalari, 70 ta bitiruv malakaviy ishi bajarilmoqda. Kafedra o’quv, ilmiy izlanishlar va kadrlar tayyorlash sоhalarida bir qatоr оliy o’quv yurtlari va ilmiy markazlar, to’qimachilik mashinasоzligi firmalari hamda ishlab chiqarish kоrxоnalari bilan hamkоrlik qilib kelmоqda. Kafedra mudiri R.Ismoilov rahbarligida 2017-yilda J.Inamov “O`zbekiston republikasi stipendiyasi ” ni qo`lga kiritdi hamda shu yilning o`zida “Kasaba yoshlar uyushmasi stependiya”siga ham loyiq ko`rildi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

 Kafedra professor-o‘qituvchilari iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi eng dolzarb muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini faol olib borishmoqdalar. Ilmiy izlanishlar natijasida olingan xulosa va takliflarni o‘zida aks ettirgan ilmiy maqolalarni Xalqaro va Respublika miqyosida chiqariladigan ilmiy nashrlarda chop ettirmoqdalar, iqtisodiyotning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy – amaliy anjumanlarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar. Kafedrada 2015-2017-yillarga mo‘ljallangan A-2-30- “Namangan viloyati oziq ovqat va tekstil kasteri” amaliy loyiha ustida ishlar olib borildi. Loyihada ilmiy rahbar professor A.Soliyev ishtirok etdi.

 Kafedrada 2013-2014-yillarga mo‘ljallangan ik-2013-66 “Vahalliy homashyolar asosida bolalar ovqatlanish uchun bio qo`shimchasini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish” amaliy loyiha ustida ishlar olib borildi. Loyihada ilmiy rahbar dotsent O.Kazakov ishtirok etdi. Kafedrada 2016-2017-yillarda A-9-004 «Farg`ona vodiysi tog` va tog` oldi hududlarda o`rmon ekoturizimini tiklash va undan mamlakat yalpi ichki mahsulotlarini yo`llarida foydalanish” amaliy loyiha ustida ishlar olib borildi. Loyihada ilmiy rahbar dotsent G. madiyarov ishtirok etdi.

 Kafedrada 2016-2017-yillarda I -2016-5-18 “Mahalliy hom ashyolardan samarali foydalanish asosida yuqori kalloriyali granulalar ishlab chiqarishda samarali foydalanish asosida yuqori kalloriyali granulalar ishlab chiqarish” amaliy loyiha ustida ishlar olib borildi. Loyihada ilmiy rahbar dotsent L.Ubaydullayev ishtirok etdi. 2017-yilda 16-martida bo`lib o`tgan “Innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar Namangan viloyati hududiy yarmarkasi”da kafedra o`z innovatsion loyihasi bilan ishtirok etdi.

Kafedra manzili: NamMTI 6–bino, 2–qavat