2020 yil 10 yanvarda Kimyo-texnologiya fakulteti talabalari ishtirokida Namangan shahar Ichki ishlar o‘rganlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi TEQKB bilan hamkorlikda uyali aloqa vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda internetdan to‘g‘ri foydalanishga doir keng qamrovli  tadbir tashkil etildi.

Tadbirda talabalarga mas’ul mutasaddi hodimlar tomonidan tushuntirish ishlari hamda kerakli ma’lumotlar berildi. Ziyo studiyasi tomonidan tayyorlangan “Ogoh bo‘ling” nomli xujjatli film namoyishi talabalarga turli diniy oqimlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib-bilmay kirib qolgan insonlar taqdiri hamda uning salbiy oqibatlari yuzasidan ma’lumot berdi.