Chet tillar kafedrasi

Kafedra mudiri

Xoshimova Dildora Madaminovna

Kafedra tarkibi
  • Xoshimova Dildora Madaminovna- kafedra mudiri, Filologiya fanlari doktori
  • Kayumov Sharibboy – katta o’qituvchi
  • Idrisaliyeva Lyubov Aleksandrovna – katta o’qituvchi
  • Sherg’oziyev Shuhrat Sheraliyevich- katta o’qituchi
  • Axunbabaeva Nargiza Hamidjanovna – o’qituvchi
  • Nazirova Oygul Muxitdinovna – o’qituvchi
  • A’zamov Sayfulbot Muxamadalievich – o’qituvchi
  • Ismailov O’sarjon Usubjonovich – o’qituvchi
  • Xaydarova Sarvinoz Zuxriddinovna – o’qituvchi
  • Ergasheva Hilola Yunusxanovna – o’qituvchi
  • Yunusova Nilufar Maxmudjon qizi – o’qituvchi
  • Yuldashev Mansurjon Alijanovich – o’qituvchi
  • Abdullaeva Shaxnoza Akbaralievna – o’qituvchi
  • Musaeva Gulnora Abdulxamidovna – o’qituvchi
  • Karimov Marufjon Mamirjonovich – o’qituvchi
  • Turaboeva Xakima Usmonjon qizi – o’qituvchi
  • Xolboyeva Nodira Abdumalik qizi  – o’qituvchi
  • Tillaboyeva Odina Bahodirovna – o’qituvchi
  • Ayto’rayev Majidxon Mavlonxonovich – o’qituvchi
  • Xoshimova Odina Olim Qizi – o’qituvchi
  • Zayniddinov Husniddin Sadriddinovich – o’qituvchi
  • Talibdjanov Bahodir Alimovich – o’qituvchi
  • Mo’minov Sardor Djumanazarovich – Kabinet mudiri
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

“Chet tillar” kafedrasi “Tillar” kafedrasi nomi bilan 1982 yilda tashkil etilgan bo’lib, f.f.n. dots. A.Abdullajonov, katta o’qituvchlar Sh. Kayumov va Sh.Sherg’ozievlar kafedra mudiri vazifasiini bajargan. Hozirgi kunda kafedrani filologiya fanlari doktori D.M.Xoshimova boshqarmoqda.  Kafedra a’zolari talabalarga Xorijiy til, Xorijiy til (davomi), Amaliy ingliz tili va Amaliy xorijiy til fanlaridan saboq berib kelmoqdalar.

       Bugungi kunda mazkur kafedrada Amerika, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Malayziya,  Indoneziya va boshqa bir qator chet el  oliygohlarida talabalarga ta’lim bergan, tahsil olgan va malaka oshirgan professor – o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Kafedra oqituvchilari tomonidan 100 dan оrtiq uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar tayyorlangan.

       Kafedra qoshida talabalar uchun “English for You” to’garagi, “Speaking Club” muntazam faoliyat ko’rsatmoqda. Bakalavr va magistratura talabalari til bo’yicha o’z bilimini mustahkamlamoqda.

Kafedra qоshida “Intensive English Course” til o’rgatish kursi tashkil etilgan bo’lib, talaba, magistr va professor-o’qituvchilarning tilni mukammal o’rganishi va  ILTES testlariga tayyorlash bo’yicha hizmat qiladi. Tarjimon va gidlar tayyorlash uchun ham kurslar tashkil etilgan.

Kafedrada “Tajimashunoslik va yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llanishi” borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. “Tarjimashunoslik maktabi” filologiya fanlari doktori D.M Xoshimova va kat.o’qit Sh.Qayumovlar boshchiligida faoliyatini boshlagan. Kafedraning ko’pchilik professor-o’qituvchilari tarjimashunoslik va pedagogika bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayapti. Xorijning impakt faktorga ega bo’lgan jurnallarida bir nechta maqolalari chop etilgan. Yaponiyaniya Akademiyasi akademigi EiJi Mano, Hindiston Javohar Lal university professori Akhlaq Akhan, Urdu Milliy Universiteti rektori Aslam Muhammad Parvez, Dehli Universiteti professori bilan ilmiy hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

Kafedrada Germaniyaning DAAD (Nemis Akademik Almashinuv Xizmati) tashkiloti, Gumbold universiteti, Germaniya, AQSH, Angliya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya elchixonalari va “Hind madaniyat” markazi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Natijada ushbu mamlakatlarning nufuzli universitetlaridan professor-o’qituvchilar tashrif buyurib, ma’ruzalar o’qidi, hamkorlikda turli ta’lim va madaniyat doirasida tadbirlar tashkil etildi. Ayrim professor-o’qituvchilarimiz malaka oshirib keldi. 2018-2019 o’quv yilida AQSHlik Ingliz tili o’qituvchisi Benjamin Areinstain talabalarimizga saboq berish bilan birgalikda, co-teaching dasturi asosida hamkorlikda ishlandi, natijada professor-o’qituvchilarning malakasini oshirishga ham ko’mak berdi.

Kafedra manzili: NamMTI 1–bino, 3–qavat