+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

2019 yil 13 dekabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti iqtidorli yoshlari tomonidan institut faollar zalida 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida “Kelajak yoshlar qo‘lida” shiori ostida badiiy kecha tashkil etildi. Badiiy kechada 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida barcha tashabbusni qamrab olgan madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda tashabbuslarni ko‘zlagan xolda Musiqiy chiqish, rasm chizish, raqs, sport o‘yinlari, teatr hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish kabu hamda Dizayn talim yo‘nalishi talabasi Yursinaliyeva Go‘zaloy tmonidan noananaviy Avangard usulida yaratilgan liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbir davomida hamkor tashkilotlar viloyatning Barkamol avlod sport majmuasi sport ustalari, musiqa va sanat maktabi o‘qituvch va o‘quvchilari, Olimpia zahiralari maktabi sport ustalari hamda institut YeST fakulteti “NamMTI yoshlari” talabalar teatr studiosi a’zolari tomonidan O’tkar Xoshimovning “Ikki eshik orasida” asari asosidagi saxnalashtirilgan “Zilzila” spektakli yig‘ilgan ota-ona va talaba-yoshlarga qo‘yib berildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga institut nomidan faxriy yorliqlar va esdalik soqg‘alar topshirildi. Tadbirga kelgan 21u-19 guruh talabasi Raximova Malikaning otasi Raximov Ravshanbek o‘z fikr muloxazalari bilan o‘rtoqlashib shunday deydi – “farzandim shunday oliygohda o‘qiganligidan mamnun edim, xozirda bo‘lib o‘tgan tadbirning axamiyatini ko‘rib farzandimdan fahirlanayotganligimni xis qila boshlayapman, bilasizmi oliygohda sanatga, tarbiyaga axamiyat kattaligini ko‘rib quvonib ketmoqdaman shuningdek talabalarning iqtidorini ko‘rib biz ham farzaondlariizni har kuni o‘qishga va kitobga bo‘lgan munosabatini yanada oshirishi uchun harakat qilishimiz darkorligini xis qilmoqdaman. Ushbu institutda tahsil olayatganligidan mamnunman” deya o‘z so‘zini yakunladi. Tadbir davomida bir qator ota-onalar o‘z fikr mulohazalari bilan kelganlarga va tadbir ishtirokchilariga minnatdorchiliklarini izhor etdilar.