Select Page

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi

Kafedra mudiri

Xudayberdiyev Toxirjon Latifovich

Telefon:

Faks:

E-Mail:

+998 97 217 50 65

+998 69 228 76 71

Kafedra tarkibi
  • T.Xudoyberdiyev – kafedra mudiri
  • T.Mamatov – dotsent
  • A.Merganov – dotsent
  • H.Boltaboyev – dоtsent
  • A.Mirzayev – dotsent
  • B.Norinboyev – dotsent
  • Sh.Hakimov – katta o’qituvchi
  • I.Karimov – assistent
  • I.Qurbonov – assistent
  • N.Tursunov – assistent
  • Z.Abdullayev – assistent
  • N.Sayfullayeva – assistent
  • A.Jamolov – assistent
  • Sh.Sodiqova – kabinet mudiri
  • Z.Uzoqova – laborant
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

 Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”,“Urug‘larni aniq ekuvchi qo‘l seyalkasi”, “Bog‘bon zanjirli universal minitraktori”, “Kartoshka tuganaklaridan kraxmal olish texnologiyasi”, “Kavar (Sapparis Spinoza) o‘simlik mevasidan shifobahsh konserva mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi”, “Yong‘oq mevasi po‘stlog‘ini ajratish qurilmasi”, “Suriya tur anorini maxalliylashtirish va mevasidan sharbat tayyorlash texnologiyasi”, “Bodom, o‘rik danagini va eryong‘oqni chaqish qurilmasi” kabi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari iqtidorli talabalar ishtirokida olib borilmoqda.

 Har yili Toshkentda o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyixalar Respublika yarmarkasi”da kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar o‘zlarining innovatsion loyihalari, ilmiy-texnik ishlanmalari bilan qatnashmoqdalar, diplomlarga ega bo‘lishmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublika va xalqaro jurnallarda muntazam ravishda ilmiy maqolalar chop ettirib kelinmoqda.

 Kafedramiz iqtidorli talabalari har yili Respublika fan olimpiadalarida va turli sport musobaqalarida faol ishtirok etib yutuqlarga ega bo‘lishmoqda, shulardan 2014 yilda Abdusattorov Baxtiyor, 2015-yilda Mamajonov G‘aybullo, 2016-yilda Xudayberdiev Furqat, 2017-yilda Davlyatov Azizbeklar «Beruniy» nomli davlat stipendiyasi g‘oliblari bo‘lishdi. 2017-2018-o‘quv yilida Respublika sport musobaqalarida 2-kurs talabalari Yulchiev Madiyor va Begalieva Shaxzoda o‘z vaznida Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari bo‘lishdi, diplomlar bilan taqdirlandilar.

 Professor-o‘qituvchilar har yili ToshDAU qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakalarini oshirib malaka attestatiga ega bo‘lishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-texnik ishlanmalarni tarmoq ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilish bo‘yicha amaliy grant loyihalari tuzildi. Jumladan, 2018-yilda dots.A.Merganov rahbarligida “Kavar (Sapparis Spinoza) o‘simlik mevasidan shifobahsh konserva mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi”mazudagi ITIga 70 mln. so‘mga, dots.X.Boltaboev rahbarligida “Paxtaning serhosil va ertapishar navini yaratish”mavzudagi ITIga 90 mln. so‘mga grant loyihalari bajarilmoqda.

 2017-yil mart va aprel oylarida bog‘dorchilik va uzumchilikka yaratilgan yangi “Bog‘bon” universal zanjirli minitraktori Namangan viloyati televideniyasida, “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvida,“Axborot” informatsion teledasturida namoyish etildi va unda X.Xodinazarov va kafedra mudiri T. Xudayberdievlar birgalikda intervьyu berishdi. 2017-yil 11-12 mayda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “10-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da yangi yaratilgan minitraktor namoyish etildi va ko‘pchilikka ma’qul keldi.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

 Kafedrada Namangan viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Uchqo’rg’on axborot texnologiyalari va servis KHK, Uchqo’rg’on tumani Yangiyer qishloq xo’jalik KHK, Chust Baymoq Agrosanoat KHKlari bilan o’quv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.

 Kafedrada viloyatimizdagi ko’pgina ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va xususiy ishlab chiqarish firmalari bilan, jumladan, Chortoq shahri “Billur Arkon” xususiy korxonasi,Namangan viloyati Fermerlar Kengashi,“O’zvinosanoat-holding” kompaniyasi “Namanganvino” AJ, “Uchqo’rg’ondonmasulotlari” AJ, Kosonsoy tumani «Chashmai Safed» ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi , “O’zvinosanoat-holding” kompaniyasi “Yangiqo’rg’on sharobi” MChJ , “Namangan oziq-ovqat agroeksport” ulgurji hududiy baza MChJ, “Musaffo iqlim trans servis” xususiy korxona MChJlar bilan kadrlar tayyorlash, innovatsion hamkorlik, talabalarning amaliyotlar o’tkazishi, ilmiy-amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha shartnomalar tuzilib, o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Kafedrada o’qitiladigan ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalar ushbu korxona va tashkilotlarda malakaviy amaliyotlarni o’tkazib kelishmoqda. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti,Farg’ona politexnika instituti, “Paxta selektsiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” ITI Namangan ilmiy-tajriba stantsiyasi, Akademik M.Mirzayev nomli bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Namangan eksperimental xo’jaligi bilan mavjud ilmiy-texnik muammolarni bartaraf etishda kafedra professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalar ular bilan hamkorlikda ITIlarni olib borishmoqda.

Kafedra manzili: NamMTI 3–bino, 3–qavat