Kimyoviy texnologiya kafedrasi

Kafedra mudiri

Dehkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich

texnika fanlari doktori, prof.

Kafedra tarkibi
  • Dehkanov Zulfikaxar Kirgizbaeyvich – Kafedra midiri. texnika fanlari doktori, professor.
  • Boymirzayev Azamat Soliyevich- kimyo fanlari doktori, professor.
  • Aripov Xayrullo Shukrullaevich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
  • Zokirov Sodiqjon – kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
  • Kamoldinov xamidullo Shamsiddinovich – organik kimyo fanlari nomzodi,  kata o’qituvchi.
  • Sobirov Abdulxay Sodiqovich – kata o’qituvchi.
  • Ismoilova Gulnora Isroilovna – kata o’qituvchi.
  • Saodatov Aziz Azamjonovich – o’qituvchi.
  • Boyturayev Sarvar Abdufozilovich – o’qituvchi.
  • Jabborov Toxir Abdulfozilovich – o’qituvchi.
  • Qodirova Gulnora Olimjonovna – o’qituvchi.
  • Azizova Umida Xabibullayevna – o’qituvchi.
  • Maxkamova Dilnoza Nematjon qizi – o’qituvchi.
  • Ismoilov Ikromjon Ibroxim o’g’li – o’qituvchi.
  • Usmonova Zulfiya Toxirjonovna – o’qituvchi.
  • Sobirov Sobitxon Murodullo o’g’li – o’qituvchi.
  • Nishonov Akbarjon Muxammadjonovich – o’qituvchi.
  • Asqarova Oydinxon Karimxon qizi – o’qituvchi.
  • Yuldashyeva Dilfuza Ahvfdjonovna – kabinet mudiri.
  • Yuldasheva Tursunxon Abdulxamidovna – laborant.
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedrada bugungi kunda 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 2 nafar katta o’qituvchi va 11 nafar assistent va 2 nafar o’quv-yordamchi xodimlar faoliyat ko’rsatadi.

Kafedrada 5320400 – Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulyar birikmalar)  va 5320800 – “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 5A320407 – Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Kafedrada “Ixtisoslikka kirish”, “Umumiy kimyoviy texnologiya”, “O’zbekistonda kitob chop etish tarixi”, “Matnli axborotni qayta ishlash texnologiyasi”, “Terish va bosma qolip tayyorlash uskunalari”, “Rasmli axborotni qayta ishlash texnologiyasi”, “Yorug’lik texnikasi asoslari”, “Fizik-kimyoviy tahlilning zamonaviy usullari”, “Kimyo va neft-gaz sanoati jarayon va qurilmalari”, “Eksperimental rejalashtirish” kabi bir qator fanlar o’qitiladi.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan o’quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan bo’lib, o’quv mashg’ulotlari zamonaviy axborot vositalari va ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.

Kafedrada ilmiy salohiyat 38% ni tashkil etadi. Kafedrada bajarilish 2016-2017 yillarga mo’ljallangan  davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida I-2016-7-2/2 raqamli “Suv resurslarini tejash uchun yuqori bo’kuvchi gidrogellar ishlab chiqarish texnologiyasini tadbiq qilish” mavzusidagi innovatsiya loyiha bajarildi. Bajarilishi 2018-2019 yillarga mo’ljallangan  “Mahalliy xom ashyolar asosida yangi gidrogellar sintez qilish va qishloq ho’jalik ekinlariga qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab” mazusidagi ro’yxatga olish raqami MU-PZ-20171025345 bo’lgan amaliy loyiha eksportlar tomonidan ijobiy baholanib moliyalashtirildi. Bundan tashqari kafedrada Namanganvino AJ bilan №74, 20.07.2017y. tuzilgan “Namanganvino AJ dagi texnologik liniya qurilmalarini mukammallashtirish va soz xolatga keltirish” mavzusidagi qiymati 7600000 so’mlik xo’jalik shartnomasi va  «International Business exchange» xususiy korxonasi bilan tuzilgan “Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini samarador quritish qurilmasini yaratish” mavzusidagi qiymati 6800000 so’mlik xo’jalik shartnomalari bajarib kelinmoqda.

5320400 – Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulyar birikmalar, plastmassa va elastomerlar kimyoviy texnologiyasi bo’yicha) ta’lim yo’nalishi

 Ilm-fan va xizmatlar sohasidagi o’rni: fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo’lib, u o’z ichiga moddalarni sintez qilish usullari va vositalarini hamda fizikaviy, fizik-kimyoviy, kimyoviy jarayonlar yordamida yangi materiallarni vujudga keltirish usullari majmuini oladi.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari: xom-ashyo va tayyor masulotlarning tuzilishi va xossalari, samarali ishlab chiqarish jarayonlari va kimyo sanoati texnologiyasining asoslari, yuqori unumli texnik jihozlar, ulardan foydalanish va texnik xizmat ko’rsatish.

 Kasbiy faoliyat turlari: o’zining fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni o’zlashtiradi:

ishlab chiqarish – texnologik: tsex, bo’lim ishlarini yuritish, texnolog vazifasini bajarish; xom-ashyo, yordamchi materiallar va mahsulotlar sifatini nazorat qilish; ishlab chiqarishni takomillashtirish va tashkil qilish bo’yicha texnologik yechimlar berish, yuqori texnologiyalarni joriy qilish, texnologik sxemalarni tahlil qilish va texnologik parametrlarni hisoblash; texnologik jihozlarni normal ishlashini ta’minlash;

loyihaviy-konstruktorlik: ishlab chiqarishning texnologik sxemasini loyihalash; jihozlar va texnologik parametrlarni tanlash va hisoblash, ishlab chiqarishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

eksperimental-tadqiqot: ilmiy tajribalarni rejalashtirish va o’tkazish; ishlab chiqarish uskunalari va texnologik sxemalarni modellashtirish va optimallatirish; ilmiy-texnik adabiyotlarni tahlil qilish kabi kasbiy faoliyat turlarini bajarish.

 Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari:  – tashkil qilish va boshqarish: energiyani, xom-ashyo va materiallarni texnik nazoratdan o’tkazish; texnologik reglament talablari asosida jihozlardan samarali foydalanish; ishlab chiqarish jamoasi ishlarini tashkil qilish; ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy tahlil qilish, turli texnologik variantlarni iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha taqqoslash;

–  foydalanish va servis xizmat ko’rsatish:  jihozlarni ta’mirlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish, nazorat-sinov qurilmalaridan foydalanish; atrof-muhit muhofazasi bo’yicha texnologik tadbirlarni amalga oshirish, oqava suvlar va gaz holatdagi chiqindilarni nazorat qilish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarishning ekologik pasportini tuzish; servis xizmat ko’rsatishni tashkil qilish hamda boshqa kasbiy faoliyat turlariga moslashishi mumkin.  

Ta’lim olishni davom ettirish imkoniyatlari: bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin turdosh ta’lim yo’nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ta’limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada o’qishni davom ettirishi mumkin.

Pedagogik faoliyatni olib borganda o’z malakasini har uch yilda oshirib turishi kerak.

  5320800 – Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi ta’lim yo’nalishi

  Ta’lim yo’nalishning ilm-fan va xizmatlar sohasidagi o’rni: fan va xizmat ko’rsatish sohasidagi yo’nalish bo’lib, u matbaa sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o’z ichiga oladi.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari: texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, uskunalar, materiallar loyhia, texnik va texnologik hujjatlar, standartlashtirish tizimlari, tadqiqot uslublari va xom ashyo, tayyor mahsulotlarning sifat nazorati.

Kasbiy faoliyat turlari: bakalavr o’zining fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni o’zlashtiradi:

– texnologik ishlab chiqarish: progressiv texnologik jarayonlarni va uskuna turlarini va ishlab chiqarishning oqilona rejimlarini ishlab chiqadi va tadbiq etadi, ishlarning bajarilishi tartibini belgilaydi, uskunalarni joylashtirish va ish joylarini tashkil qilish  rejasini tuzadi; uskunalarning yuklamasini hisoblaydi, texnik tartibga rioya qilinishini va texnologik uskunalardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qiladi; texnik nazorat uslublari va mahsulotni sinash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok yetadi;

– tashkiliy-boshqaruv: vaqt me’yorini va ashyo harajatlarini ishlab chiqishda ishtirok yetadi; o’zgartirishlar kiritadi va yangi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi; ishlab chiqariladigan mahsulotning texnik nazoratini va sifat boshqaruvini tashkil qiladi; xodimlarning texnikaviy ta’limini tashkil qiladi;

– ilmiy-tadqiqot: yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirish bo’yicha tajriba ishlarini o’tkazishda va ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda, ixtirolar uchun arizalar tuzishda, texnologiyani takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, mehnatni tashkil qilishda, yangi texnikani joriy qilishda ishtirok etadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari: – ishlab chiqarishni boshqarishda: matbaa ishlab chiqarish bo’linmasini tashkil qilish va uning ishini boshqarish;

montaj-sozlash ishlarida: tsex bo’limi va boshqalarda namunaviy texnologik va nostandart matbaa uskunalarini montaj qilish va sozlash bo’yicha ishlarni rejalashtirish hamda bajarish;

foydalanish va servis xizmat ko’rsatishda: tsexning bo’limida namunaviy texnologik va nostandart matbaa uskunalaridan foydalanishni, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish;

texnologik-ishlab chiqarish: tsexda bo’lim texnologi bo’lib ishlash, namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo’llash kabi kasbiy faoliyat turlariga moslashishi mumkin;

ilmiy-tadqiqot: xalqaro munosabatlarni amalga oshirish va tashkil etishning ilg’or shakllari va usullarini ishlab chiqish, ommaviylashtirish, tajriba almashish hamda boshqa kasbiy faoliyat turlariga moslashishi mumkin.

Ta’lim olishni davom ettirish imkoniyatlari: bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin turdosh ta’lim yo’nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ta’limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada o’qishni davom yettirishi mumkin.

Pedagogik faoliyatni olib borganda o’z malakasini har uch yilda oshirib turishi kerak.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori hamda mazkur qaror ijrosi doirasida 10 dan ortiq korxonalar bilan Hamkorlik-Ittifoq shartnomalari tuzildi. «Karbonam» MCHJ, “MexMASH” MCHJ, «Namanganvino” OAJ, “Ifoda agro kimyo himoya” MChJ, “INTER-POLIMER” MChJ korxonlari bilan innovatsion guruhlar korxona muammolari bo’yicha ishlab kelinmoqda.

Kafedrada viloyatimizdagi ko’pgina ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va xususiy ishlab chiqarish firmalari bilan, jumladan, “Uzchasis” MCHJ O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi, “Buyuk kelajak servis” MCHJ, “Uchqo’rg’on yog’” OTXJ, “Uchqo’rg’ondonmasulotlari” AJ, “Namangan rezina plast” MCHJ, “Istiqlol 2000” MCHJ, “Ummat” x/f, “Beqiyos maqsad ramzi” xususiy korxonasi,  “Poligraf-servis” MCHJ, “Musaffo polimer” MCHJ lar bilan kadrlar tayyorlash, innovatsion hamkorlik, talabalarning amaliyotlar o’tkazishi, ilmiy-amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha shartnomalar tuzilib, o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Kafedraning 5320400 – Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulyar birikmalar, plastmassa va elastomerlar kimyoviy texnologiyasi bo’yicha)  va 5320800 – “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlari talabalari ushbu korxona va tashkilotlarda malakaviy amaliyotlarni o’tkazib kelishmoqda. SHuningdek, yuqoridagi korxona, tashkilot va firmalardagi mavjud ilmiy-texnik muammolarni bartaraf etishda kafedra a’zolari o’zlarining yo’l-yo’riq va maslahatlarini berib, ular bilan hamkorlik qilib kelishmoqda.

Kafedra manzili: NamMTI, 3-bino, 3-qavat