Select Page

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi

Kafedra mudiri

Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich

Telefon:

Faks:

E-Mail:

+998 99 979 60 08

+998 69 228 76 71

Kafedra tarkibi
  • Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich – kafedra mudiri
  • Axmedxo`jaev Xamid Tursunovich – professor
  • Muradov Rustam Muradovich – professor
  • Tojiboyev Muxammadjon Axmadjonovich – dotsent
  • G`oyibnazarov Egamnazar Eryigitovich – dotsent
  • Azimov Samad Solijanovich – Dotsent
  • Abdurahimov Komiljon Karimovich – Katta o`qituvchi
  • Umarov Akmal Akparaliyevich – Katta o`qituvchi
  • Sarimsaqov Akramjon Usmanovich – assistant
  • Sharipov Xayrullo Numonjonovich – assistant
  • Rejabboyev Soxib Tojimirzayevich – assistant
  • Isayev Shahboz Shavkatjanovich – assistant
  • Ortiqova Kamola Insopaliyevna – assistant
  • Obilov Bahodir Vaxobjon o`g`li – Kabinet muduri
  • Muxsinov Ibrohim Ismoiljon o`g`li – Laborant
  • Sultonov Otabek Saxobiddin o`g`li – Laborant
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

 Kafedrada asosiy shtatda 13 nafar professor-o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 3 nafari fan doktori, 3 nafari fan nomzodlari Respublika ilmiy –texnik dasturlaridagi «Energetika, energiya va resurstejamkorlik, transport, mashina va asbobsozlik» yo‘nalishiga mos quyidagi:

  • Paxtani dastlabki ishlash jarayonida tolasi bor chigitlarni ajratib olish va tola chiqishini ko‘paytirish;
  • Arrali tola ajratish mashinasida ishlab chiqarilayotgan tola va chigitlarning sifatini yaxshilash;
  • Lint tarkibidan yigirishga yaroqlik tolalarni ajratib olish;
  • CHigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalashda zamonaviy qurilma yaratish;
  • Tola ajratish va tolasi ajratilgan chigitlarga ishlov berish texnologik jarayonini takomillashtirish kabi ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Bu ilmiy tadqiqot ishlarida kafedraning barcha a’zolari ishtirok etadilar.

 Kafedrada hozirgi kungacha bir qancha ilmiy loyihalar va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarib kelinmoqda.

 Jumladan, R.Muradov rahbarligida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A-3-122 raqamli “Paxtaning tabiiy xususiyatlariga ta’sir qilmasdan mayda iflosliklardan tozalaydigan qurilmani yaratish” mavzusida amaliy loyiha va M.Tojiboev rahbarligida IOT-2016-2-9 raqamli “Jin mashinasida xom-ashyo valigi zichligini rostlovchi va elektr energiya tejovchi moslamalarni ishlab chiqarishga joriy etish” mavzusida innovatsion loyiha bajarildi hamda X.T.Axmadxo‘jaev rahbarligida BA-A3-013 raqamli “Energiya tejamkor resurso tejamkor bir kamerali ikki silindrli jinni tadqiq qilish va yaratish” mavzusida innovatsion loyiha bajarilmoqda. O.Sarimsakov Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari yuqoridagi loyihalarda ishtirok etdi.

 Kafedra tomonidan “Paxtani daslabki ishlash texnologik jarayonlari” plakatlarini viloyatdagi barcha paxta tozalash korxonalariga tayyorlanib berildi va 6 mln. so‘m tushirildi.

 Ilmiy-tadqiqotlar bilan professor –o‘qituvchilarni qamrab olish darajasi 100%.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

 «Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash” kafedrasida 2018 yilda ishlab chiqarish korxonalari bilan innovatsion hamkorlik borasida 1 ta innovatsion guruh faoliyat ko‘rsatdi. Innovatsion guruh kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlariga, BMI va MD ga mos holda paxta tozalash korxonalari bilan amalga oshirildi.

 Mazkur innovatsion guruhlar faoliyati borasida viloyatdagi barcha paxta tozalash korxonalari va Farg‘ona hamda Andijon viloyatlarining 6 ga yaqin paxta tozalash korxonalari bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirdilar. Innovatsion guruhlarda tarkibi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, korxona vakillari hamda iqtidorli talabalardan iborat bo‘ldi.

 Ushbu hamkorlik aloqalari asosida ishlar olib borilishi vaqtida, kafedra a’zolari tomonidan xo‘jalik shartnomalari, davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlangan loyihalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, 10 ga yaqin ixtirolarga patentlashga izlash ishlari bajarildi, Respublika va viloyat miqyosidagi ilmiy yarmarkalarda, bir nechta ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etildi.

 Ayniqsa, viloyatimizdagi paxta tozalash korxonalari bilan amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovor. Jumladan, korxona texnika va texnologiyalarini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida amaliy, yosh olimlar, innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli yakunlandi.

 Bundan tashqari innovatsion hamkorlik natijasida 65 nafar bitiruvchi o‘zining diplom loiyhasi va magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Kafedra manzili: NamMTI 7–binо, 1–qavat