+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

2019 yil 5- dekabr kuni Yengil  sanoat  texnologiyasi fakulteti  “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilinganligining 27 yilligi” munosabati bilan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbir ikki qismdan iborat bo’ldi. Birinchi qismida  “Dizayn”  ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan chizilgan rasmlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadagi rasmlar ishtirokchilarda katta tassavur qoldirdi. Tadbirni ikkinchi qismida  davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida ma’ruzachilar tomonidan konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning tarixiy ahamiyati, davlat va jamiyat rivojida tutgan o’rni haqida, fuqarolarning huquq va erkinliklari tahminlanishida mustahkam poydevor ekanligi,  konstitutsiyadagi g’oyalarning umuminsoniy qadriyatlar asosida tuzilganligi, uning o’ziga xos xususiyatlari, yoshlar ma’naviy kamolotida tutgan o’rni va ahamiyati  haqida gapirib o’tdi. Talabalar ma’ruzachilarga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va kerakli javoblarni oldilar. Tadbir so’ngida «yengil sanoat texnologiyasi» fakulteti dekan muovini S.Isaqov so’z olib barcha ishtirokchilarni Konstitutsiyamizni qabul qilinganligini 27 yillik  bayrami bilan yana bir bor tabriklab tadbirni yakunladi.