Select Page

Yengil sanоat mahsulоtlarini kоnstruktsiyalash va texnоlоgiyasi kafedrasi

Kafedra mudiri

Ergashev Jamoliddin Samatovich

Telefon:

Faks:

E-Mail:

+998 93 494 43 09

+998 69 228 76 71

Kafedra tarkibi
  • Ergashev Jamoliddin Samatovich– kafedra mudiri
  • Xojimatov Rasuljon Soliyevich – dotsent
  • Xoliqov Qurbonali Madaminovich – professor
  • Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna – dotsent
  • Bobojanov Husanxon Toxirovich – dotsent
  • Qayumov Jo’ramirza Abdiramatovich – PhD
  • Yuldashev Jamshid Qambaraliyevich – dotsent
  • Umarova Venera Babakulovna – katta o’qituvchi
  • Usmanov Xalil Xabibullayevich – katta o’qituvchi
  • Rizamatova Manzura Abdullajanovna – katta o’qituvchi
  • Rayimberdiyeva Dilrabo Xabibillayevna – katta o’qituvchi
  • Baxromov Ulug’bek Gapirjanovich – katta o’qituvchi
  • Ergasheva Rashida Abdug’aniyevna – assistant
  • Shukurova Lobar Sherbayevna – assistant
  • Abduvaliyev Ravshan Ruxillayevich – assistant
  • Ismatullayev Nizom Adashaliyevich – assistant
  • Raxmatova Obida Sharifjanovna – assistant
  • Mannopov Jahongir Ibrohimjonovich – assistant
  • Dadamirzayev Baxrom Baxtiyor o’g’li – assistant
  • Xakimjanov Islombek Shuhrat o’g’li – assistant
  • Mahsudov Shohruxmirzo Abdulhamid o’g’li – assistant
  • Pirmanova Qunduz – kabinet mudiri
  • Xakimova Aziza – laborant
  • Parpiyev Umid Meliyevich – laborant
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

 Kafedra ilmiy faoliyati Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, xo’jalik shartnomalari tuzish, tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar tayyorlab topshirmoqdalar. Kafedrada innovatsion guruh tashkil qilinib, barcha professor-o’qituvchilar ushbu guruh tarkibiga jamlanganlar, talim yo’nalishiga mos keluvchi va turdosh soha tarmog’larining ishlab chiqarishdagi muammolari bankini tashkil qildilar. Bu yo’nalishda soha mutaxassisari bilan hamjihatlikda izlanishlar olib bormoqdalar. Korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. Hamkorlikda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish, yosh avlodni zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlash maqsadida ular ushbu ishlarga jalb qilinmoqdalar. Mavzular bo’yicha masullar belgilangan.

  Kafedraning 2016-2017 o’quv yildagi ilmiy salohiyat ulushi 36% tashkil qilmoqda.

  Kafedra tarkibida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tayyorlanmasada, kafedraning asosiy shtatidagi azolari o’z mavzulari bo’yicha mustaqil ravishda ilmiy ishlarni amalga oshirmoqdalar.

 Kafedrada 5A320902 – «Tikuv buyumlarini texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash» mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash 2012-2013 o’quv yilidan boshlandi. Dastlabki yilda besh nafar bitiruvchilar o’z dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yakunladilar va ulardan to’rt nafari kafedrada pedogoglik faoliyatini davom ettirish uchun ishga olindilar va ularning safiga 2015 yil bitiruvchilari ham qo’shildi. 2016-2017 o’quv yilida olti nafar magistr dissertattsiyasini ahlo baholarga himoya qildi.

 Kafedrada taxsil oladigan barcha magistratura talabalari sohaning ustivor yo’nalishlariga mos keluvchi ilmiy muammolar asosidagi mavzular ustida ishlamoqdalar. Ularga sohaning tegishli ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan va har bir magistratura talabasining dissertatsiya ishlari mazkur korxonalarning ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan. Kafedra tasarufidagi magistratura talabalarining hisobotlari belgilangan taqvimiy reja asosida muhokama qilinadi va kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tegishli tavsiya va ko’rsatmalar beriladi.

 Kafedradagi barcha professor-o’qituvchilar o’z ilmiy mavzulari egadirlar. Ularning mavzulari tegishli sohaning ishlab chiqarish, fundamental va nazariy muammolari asosida tanlangan.

 Kafedrada professor-o’qituvchilaring 5 nafari institutda faoliyat ko’rsatyotgan ilmiy seminar ahzolaridirlar. Ushbu seminar kotibi bizning kafedra ahzosi X.T. Bobojonov hisoblanadi. Ilmiy seminarning rejasi institut ilmiy ishlar bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan va ushbu reja asosida faoliyat ko’rsatmoqda.

 Kafedra tarkibidagi professor-o’qituvchilar orasida fan doktori bo’lmasada, ular sohaning tayanch oliy o’quv yurti bo’lmish Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat intsituti bilan mustahkam aloqalarni o’rnatganlar. So’ngi 3 yil ichida kafedra azolaridan 1 nafari PhD ilmiy darajasiga ega bo’ldilar.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

 Kafedra TTESI, Kostroma texnologiya universiteti, BuxMTI, AndMI, Farg’ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Viloyat akademik litseylar va o’rta maxsus kasb tahlimi boshqarmasi, Viloyatdagi yengil sanoat kasb-hunar kollejlari va regiondagi qator yengil sanoat korxonalari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda

Kafedra manzili: NamMTI 7-bino, 1-2 qavat