Turli yo’nalishdagi fanlar va modullarni ingliz tilida o’qitish tajribasini rivojlantirish, bu sohadagi strategiyalarni ishlab chiqish bo’yicha EMI (English as a medium of instruction) xalqaro loyihasi 3 yilga mo’ljallangan bo’lib, Britaniya Kengashi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida olib borilmoqda. Ushbu loyiha doirasida loyiha kordinatori “Chet tillar” kafedrasi mudiri f.f.d. D.M.Xoshimova boshchiligida institutimiz professor-o’qituvchilari Ph.d A.Mahkamov, katta o’qituvchi Sh.Kayumov va U.Negmatolar ishtirok etmoqdalar. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad turli yo’nalishlardagi fanlar va modullarni ingliz tilida o’qitish tajribasini rivojlantirish, bu sohadagi strategiyalarni ishlab chiqish, fan o’qituvchilariga o’quv va baholash materiallarini ingliz tilida yaratish orqali dasturlar mazmunini boyitish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.