Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Inson ko‘p narsadan to‘yishi mumkin, faqat mehrdan va go‘zallikdan emas. Ayniqsa, mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga mehr ulashish savob amallarning eng afzallaridan biri hisoblanadi.

Huddi shu maqsadda shahrimizdagi 6-sonli Mehribonlik uyiga Namangan muhandislik-texnologiya instituti 1u-19 guruhi talabalari hamda guruh murabbiyi Rahimov Umidjon rahbarligida shu yilning 24 oktyabr kuni mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining holidan xabar olish maqsadida tashrif buyurdilar.

Bu yerda talabalarga mehribonlik uyi kata xamshirasi tomonidan erta nikoh, qarindosh urug’lar o’rtasidagi nikohlar hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari to’g’rida tushunchalar berib o’tdi va tashriflari uchun minnatdorchilik bildirib o’tdi.

         Guruh murabbiyi hamda talabalar tomonidan bunday tashriflarni ko’plab amalga oshirishga kelishib oldilar.