Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yurtimiz ijtimoiy hayotida o`z samarasini bermoqda. Ayniqsa, amaliy ishlarning natijasi yoshlarimizning bo`sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilganligi quvonarli, albatta. Yoshlar hayotida mazkur tashabbus ta`sirini kuchaytirish maqsadida Oliy va o`rta maxsus talim vazirligi tomonidan “Jonajon O`zbekistonim, mangu bo`l omon” shiori ostida 14-16 oktyabr kunlari Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti tomonidan talaba-yoshlar festavali o`tkazildi. Festival doirasida ko`plab davra suhbatlari, seminar-trening va ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazilmoqda.