Hindistonlik o’qituvchi Mr Abhijit Tarawade AKT va Avtomatika fanlaridan Namangan muhandislik texnologiya instituti talabalariga bilim berib kelayapti. Talabalarning bu sohalarda bilimini boyitishi, mukammalashtirishi uchun yana bir imkoniyatdir.

Institut professor-o’qituvchilarining tajriba almashinishi, malaka oshirishi uchun ham yanada qulay fursat bo’layapti. Talabalar Mr Abhijit Tarawadedan ta’lim olish bilan birgalikda turli manbalardan unumli foydalanish, mustaqil ta’lim olish va amaliy mashg’ulotlarda duch keladigan muammolarni hal etish bo’yicha fikr almashinishdi. Talabalar darsda savol-javoblar bilan faol ishtirok etdi. Talabalarning ta’lim sohasidagi innovatsion g’oyalarni mukammal egalashi, mustaqil fikrlashga o’rganishi, fan sohasidagi yangiliklarga ega bo’lishi va ta’lim sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega.