Hind madaniyati markazi va Namangan muhandislik texnologiya instituti hamkorligida “Hind filmlar festivali” tashkil etildi. “Bundan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan har ikkala xalqning madaniyati va urf-odatlarini o’rganish, ta’lim olishga, ota-onaga, vataniga mehribon bo’lish kabi kabi xususiyatlari” haqida Lal Bahadur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi direktori professor Chander Shekhar oz fikrlarini bildirib festivalni ochib berdi.

Festivalning ochilish qismida talabalar tomonidan hind tilida qo’shiqlar ijro etildi. Hind filmlarining namoyishi talabalarda qiziqish uyg’otish bilan birgalikda katta taasurotlarga ega bo’lishiga, ularning bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishlari uchun yaxshi imkoniyat yaratildi. Bunday festivallarning tashkil etilishi ikki xalq o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.