Haqiqadan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkita buyuk kasb -shifokorlik va o’qituvchilik kasbi borki, ular toki hayot bor ekan, o’zining ma’no-mazmunini va oliyjanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi.

         Xalqimizda ilm o’rganmoqni igna bilan quduq qazishga qiyoslaydi. Kezi kelsa hayot va borliq mohiyati, sir-asrorlariga bo’ying barobar kitoblarni o’qib ham etish mushkul. Biroq ilm o’rgatmoq zaxmati undan-da mashaqqatli.    

Shunday mashaqatli va sharafli kasb egalarini qutlash niyatida “Chet tillar” kafedrasi tomonidan “Sizga ta’zim, Sizga ehtirom” ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga kafedraning faxriy professor-o’qituvchilari, Yangiqo’rg’on, Uychi, Uchqo’rg’on va Norin tumanining xalq ta’limida bir necha yillardan beri faol mehnat qilayotgan ustozlar taklif etildi.

 “O’qituvchi va murabiylar” kuni munosabati bilan ustozlarni qutlash uchun Namangan yozuvchilar uyushmasi a’zolari Nosir Abbos va Ibrohim Mahkam ham tashrif buyurdilar. Institutning talaba yoshlari ustozlarini qutlash uchun qo’shiq, she’r va ajoyib tilaklarini izhor etdi.          Jumladan, bir necha yillar mobaynida kafedrada faol ishlab o’z mehnati bilan qadr topgan faxriylarga tashakkurnomalar bilan birgalikda esdalik sovg’alari ham topshirildi.