Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kimyo texnologiya” fakulteti  professor-o`qituvchilari tomonidan tuzilgan ustozlar guruhi Yangiqo`rg`on tumanidagi 23-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, kimyo fanidan 7 va11-sinflarga master klass darslarini tashkil qilib, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda yoshlarni kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.   Bunda fakultet dekani O.Ergashev, dekan muovini A.Soliyev, Kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi A.Arislanov hamda tayanch doktarant M.Soliyevlar ishtirok etdilar. Dars davomida o`tkazilgan turli qiziqarli tajribalar o’quvchilar xotirasida yorqin iz qoldirdi.