Energetika kafedrasi

Kafedra mudiri

Shariboyev Nosirjon Yusubjanovich

D.S.

Kafedra tarkibi
  • Shariboyev Nosirjon – Kafedra mudiri
  • Qaxarov Sobirjon – Dotsent
  • Qaxxarov Maxmudjov – Dotsent
  • Xoshimxujayev Madaminxuja – Dotsent
  • Rajapov Ikromjon – Katta o’qituvchi
  • Nabiyev Murodjon – Katta o’qituvchi
  • Shariboyev Erkinjon – O’qituvchi
  • Atamirzayev Doniyor – O’qituvchi
  • Tulqinov Muxammadali – O’qituvchi
  • Sultonov Sanjarbek – O’qituvchi
  • Ergashev Abdurasul – O’qituvchi
  • Xolboyev Doniyor – O’qituvchi
  • Maxmudov Bekzod – O’qituvchi
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Avtomatika va energetika” fakultetining “Energetika” kafedrasi 2018 yil 16 iyul institut rektorining buyrug’i asosida tashkil topgan.

Hozirda kafedrada professor N.Y.Sharifboyev rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 1 ta professor 3 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi, 7 ta assistent faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedrada hozirgi kunda, 5310100 – Energetika (Issiqlik energetikasi), 5310200 – Elektr energetikasi (energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar  tayyorlanmoqda.

Kafedra olimlari fan-texnikaning dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining  ITI natijalari mamlakatimiz va chet ellarda chop etilayotgan ilmiy maqolalar va to’plamlarda muntazam ravishda nashr qilib kelinmoqda.

            Yuqori malakali, tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan darslik, ma’ruza matnlari, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar tayyorlangan va mashg’ulotlar yuqori saviyada o’tkazilmoqda.

Kafedraning moddiy texnika bazasini kengaytirish, o’qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish, talabalarning amaliy bilimlarini mukammallashtirish maqsadida   ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

Bugungi kunda Viloyatimizda mavjud korxonalar “Viloyat xududiy elektr tarmoqlari OAJ”, “Viloyat nasos stansiyasi va energetika boshqarmasi”,“Namangan issiqlik manbai DUK”  va kasb hunar kollejlari bilan uzviy aloqa bog’lagan.

Kafedrada hozirgi paytda 2 ta tadqiqotchi doktorlik (PhD) ustida ish olib bormoqda

Kafedra manzili: NamMTI, 2-bino, 1-qavat