Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi

Kafedra mudiri

Qanoatov Xayrullo Murodillaevich

PhD

Kafedra tarkibi
  • Qanoatov Xayrullo Murodullayevich – Kafedra mudiri
  • Хоshimov Xakimjon – Dotsent
  • Ataxanov Shuxrat Nuriddinovich – Dotsent
  • Xamdamov Anvarjon – Dotsent
  • O’ktamov Dilmurod Aminjonovich – Katta o’qituvchi
  • Qurbonov Ne’matjon – Katta o’qituvchi
  • Saribayeva Dilorom Akramjanovna – Katta o’qituvchi
  • Abdurazzaqova Ma’mura Ne’matjanovna – O’qituvchi
  • Sodiqova Shoira Abdurazzaqovna – O’qituvchi
  • Abdullayeva Bufotima Tursunali qizi – O’qituvchi
  • Raximov Umidjon Yunusjonovich – O’qituvchi
  • Eshonto’rayev Abdulaziz Abdulatib o’g’li – O’qituvchi
  • Adashev Behzodbek Sheraliyevich – O’qituvchi
  • Nishonov O’tkirali Raxmatullayevich – Kabinet mudiri
  • Ergasheva Oydina  – Laborant
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kimyo-texnologiya fakultetining Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi 2018 yil 30 avgust institut rektorining 625-sonli buyrug’i asosida tashkil topgan.

Hozirda kafedrada dotsent X.M.Qanoatov rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 3 ta dotsent, 3 ta katta o’qituvchi, 6 ta assistent faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedrada hozirgi  kunda, 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi  (yo-moy mahsulotlari texnologiyasi), 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi  (go’sht-sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda  5A321001-Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash ixtisosliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Kafedra olimlari fan-texnika va xalq xo’jaligining dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining  ITI natijalari mamlakatimiz va chet ellarda chop etilayotgan ilmiy maqolalar va to’plamlarda muntazam ravishda nashr qilib kelinmoqda.

            Yuqori malakali, tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan darslik, ma’ruza matnlari, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar tayyorlangan va mashg’ulotlar yuqori saviyada o’tkazilmoqda.

Kafedraning moddiy texnika bazasini kengaytirish, o’qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish, talabalarning amaliy bilimlarini mukammallashtirish maqsadida   ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

Bugungi kunda Respublika va viloyatimizda tashkil etilgan qo’shma korxonalar “Marvel Djus Ko”, “Yanes”, “Coca Cola”, “Nestle”, “Musaffo iqlim Trans” O’zbek-Britaniya qo’shma korxonalari, “Namangandonmahsulotlari”, “Namangan  Sharbati”  “Namanganvino” xissadorlik  jamiyatlari bilan hamda O’simliklar kimyosi instituti, Toshkent Kimyo texnologiya instituti  va viloyatdagi kasb hunar kollejlari bilan uzviy aloqa bog’lagan.

Bundan tashqari talabalarning o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining samaradorligini oshirish va Diplom loyixa ishlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish maqsadida Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan oziq-ovqat sanoati korxonalari, kasb-hunar kollejlari bilan ham ilmiy, uslubiy va amaliy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Kafedrada bakalavr, magistrant va professor-o’qituvchilarni  AKTdan bilim va salohiyatlarini oshirishlari  uchun etarli sharoit yaratilgan. Internet tarmog’i orqali chet el olimlari ilmiy tadqiqot ishlari natijalari  va ular yaratgan adabiyotlar hamda maqolalar bilan muntazam tanishib bormoqdalar. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari haqidagi ma’ruza bilan kafedra seminarlarida, institut va respublika miqyosidagi o’tkazilayotgan anjumanlarda qatnashib kelmoqdalar.

Kafedrada hozirgi paytda 4 ta tadqiqotchi doktorlik (PhD) ustida ish olib bormoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 30 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 monografiya, 1 darslik va 2 oquv qollanmalar chop qilingan, 6 ta patent olingan.

Kafedra manzili: NamMTI, 3-bino, 3-qavat