Sirtqi bo’lim

Bo’lim boshlig’i

Jo‘raboyev Abdurashid To‘ramirzayevich

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-17:00

E-Mail:

Bo'lim tarkibi

Jo‘raboyev Abdurashid To‘ramirzayevich

Voxidov Muxiddin Jo‘rayevich

Jo‘raboyev Jasur Xudoyberdiyevich

Bo'lim nizomi
Namangan Muxandislik Texnologiya instituti sirki bulimining

NIZOMI
I. Umumiy koidalar
1. Mazkur Nizom Uzbekistan Respublikasining “Ta’lim tugrisidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tugrisida”gi konunlariga, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 21 noyabr 2017 yilda “Oliy ta’lim muassasasida sirtki (maxsus sirtki) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi tugrisida”gi nizomlarni tasdiklash xakidagi №930-sonli karori talablariga muvofik ishlab chikilgan bulib Namangan Muxandislik Texnologiya institutida bakalavriat ta’lim yunalishlari buyicha sirtki bulim faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Sirtki bulim Namangan Muxandislik Texnologiya institutining tarkibiy bulinmasi bulib sirtki ta’lim shakli buyicha ta’lim dasturlarini bajarish buyicha ta’lim faoliyati kursatish bilan shugullanadi.
3. Sirtki ta’lim kuyidagi shakllarda: sirtki shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishni sirtki shaklida olib boriladi,
4. Sirtki bulim uz faoliyatida Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim tugrisida”gi Konuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining karorlari, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, karorlari, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlari, Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligining buyruklari, Namangan Muxandislik Texnologiya instituti rektori buyruklari xamda mazkur Nizomga amal kiladi.
II. Sirtki bulimning asosiy vazifalari
5. Sirtki bulimning asosiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:
5.1. Sirtki ta’lim jarayonini amaldagi normativ-xukukiy xujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash:
5.2. Sirtki ta’lim shaklida iste’molchilarni talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini kursatish va xalkaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash;
5.3. Sirtki ta’lim shakli buyicha ukuv jarayonini tashkil etadigan normativ- metodik ta’minotni takomillashtirish;
5.4. Sirtki bulimni Namangan Muxandislik Texnologiya institutining barcha tuzilmalari bilan xamkorlik alokalarini olib borish va rivojlantirish;
5.5. Fan, ta’lim va bozor munosabatlari talablarini urgangan xolda sirtki ta’lim shaklida ta’lim xizmatlari kursatish va ukitishning ilgor texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish xamda ta’lim jarayoniga ilgor ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va boshkalar.
III. Sirtki bulimda ukuv jarayonini tashkil etish
6. Sirtki bulimda ukuv jarayoni ta’lim soxalarining davlat talim standartlari va tegishli ta’lim yunalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan xamda Uzbekistan Respublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiklangan ukuv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi.
7. Sirtki bulimda ta’lim yunalishlarining ishchi ukuv rejalari va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiklangan ukuv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chikiladi xamda Namangan Muxandislik Texnologiya instituti rektori tomonidan tasdiklanadi.
8. Sirtki bulimda ukuv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiklangan ukuv rejasi asosida ishlab chikilgan ishchi ukuv rejasida kayd etiladi.
9. Sirtki bulim talabasi uchun ukishga kabul kilingan ukuv yili boshida (odatda, sentyabr-oktyabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 10 kunlik ukuv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv xamda semestr davomida ukitiladigan fanlar buyicha kiskacha (ishchi ukuv rejasida belgilangan xajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgulotlari utkaziladi. Talabalarga mavzular buyicha topshiriklar va ularni bajarish yuzasidan metodik kursatmalar beriladi.
10. Ukuv sessiyasigacha bulgan muddatda sirtki bulimda ukish mustakil, jumladan, masofadan turib internet tarmogi orkali amalga oshiriladi. Bunda talaba metodik kursatmalardan foydalangan xolda ishchi ukuv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustakil uzlashtiradi.
11. Talaba fan buyicha topshiriklarni bajargandan sung, uni fan ukituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib internet orkali) yuboradi xamda kayddan utkazadi. Fan ukituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oralik ishi sifatida baxolaydi. Fan ukituvchisi mavzular buyicha navbatdagi topshiriklar va kursatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida ukuv mashgulotlarini utkazishi mumkin.
12. Sirtki bulim talabasi xar bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga ukuv sessiyasiga chakiriladi. Buning uchun unga ukuv sessiyasi boshlanishiga kadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma (chakiruv ma’lumotnoma) yuboriladi.
13. Ukuv sessiyasi davomida:
– talaba semestr uchun berilgan topshiriklarni ximoya kiladi. Fan buyicha barcha topshiriklar ijobiy baxolangan takdirda talabaga fan buyicha yakuniy baxolashga kirish xukuki beriladi;
– fanlar buyicha yakuniy baxolashlar utkaziladi; navbatdagi semestr davomida ukitiladigan fanlar bilan kiskacha ishchi ukuv rejasida belgilangan xajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgulotlari orkali tanishtiriladi. Ushbu mashgulotlar talabaga navbatdagi semestr davomida fanlarni uzlashtirishi va topshiriklarni bajarishi uchun asosiy va kushimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini urgatishga karatiladi. Mavzular buyicha topshiriklar bilan ularni bajarish yuzasidan metodik kursatmalar beriladi.
14. Ukuv sessiyasi davomida utkaziladigan ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashgulotlarida ilgor usul va texnologiyalardan (jumladan muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni gurux bulib xal etish, xamkorlik pedagogikasi, tabakalashtirish, individuallashtirish va boshkalardan) foydalaniladi.
15. Sirtki bulimda talaba tasdiklangan ishchi ukuv rejasidagi barcha ukuv fanlarini uzlashtirishi shart. Talabalar bilimini baxolash konun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Sirtki bulimda oralik va yakuniy baxolash turlari joriy kilinadi.
Oralik baxolashning mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari xamda soni (bir ukuv semestri davomida ikki martagacha) xar bir fan buyicha sirtki bulim uchun tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va kuyidagi mustakil ish turlaridan iborat buladi:
– kurs (loyixasi) ishi;
– nazorat savollari va topshiriklari;
– test-sinov savollari;
– keyslar, mashklar, misol va masalalar;
– tajriba natijalari;
– ishlab chikarish muammolarini xal etishga yunaltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar;
– xisob-jadval ishlari va boshkalar.
Oralik baxolash masofaviy aloka orkali on-layn rejimida utkazilishi xam mumkin.
17. Sirtki bulim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi ukuv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshka amaliyotlar (ta’lim yunalishiga mos bulgan xolda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustakil ravishda utkaziladi.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi ta’lim yunalishiga mos bulmagan xolda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar Namangan Muxandislik Texnologiya instituti tomonidan belgilangan ob’ektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Malakaviy amaliyotlarning xisobotlari ukuv sessiyasi davrida belgilangan tartibda ximoya kilinadi.
18. Muayyan kursdagi fanlarni tulik uzlashtirgan talaba Namangan Muxandislik Texnologiya instituti rektorining buyrugi bilan keyingi kursga utkaziladi.
19. Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, ogir oilaviy axvol va boshkalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda uzlashtira olmagan talabalarga muddati kuyilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval ukuv ishlari buyicha prorektor va tegishli dekanat tomonidan tasdikdanadi va undagi muddat navbatdagi ukuv yiliga utmasligi lozim.
Shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba kayta ukish uchun kursda koldiriladi.
20. Fakultetlarda sirtki bulimning xar bir talabasi uchun shaxsiy varaka ochiladi xamda unda Namangan Muxandislik Texnologiya institutidagi faoliyatining tulik monitoringi yuritiladi, unda kuyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
– oralik ishlarining bajarilishi;
– oralik va yakuniy baxolashlar natijalari;
– davlat attestatsiyasi baxolari;
– bitiruv malakaviy ishi buyicha baxo;
– kursdan kursga utganligi tugrisidagi buyruklar.
IV. Sirtki bulimda ukuv jarayonini boshkarish.
21. Sirtki bulimni Namangan Muxandislik Texnologiya instituti fakultetining dekani makomiga tenglashtirilgan bulim boshligi boshkaradi.
Bulim boshligi:
– sirtki ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chikadi;
– talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil kilish buyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;
– ukitishning yangi texnologiyalari tadbik kilinishini va talabalar uzlashtirishini nazorat kilinishini ta’minlaydi;
– talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiklashtiradi va tasdikdaydi;
– talabalar bilan ukuv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini kuradi;
– mexnat muxofazasi, texnika va yongin xavfsizligi buyicha tadbirlarni, bulim xodimlarining ichki tartib va mexnat intizomi koidalariga rioya kilinishni tashkil etadi;
– ukuv jarayonini ta’minlaydigan professor-ukituvchilarning ukuv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi va muvofiklashtiradi;
– Namangan Muxandislik Texnologiya instituti ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtki ta’lim manfaatlarini uz vakolati doirasida ximoya kiladi va amalga oshiradi;
– talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga raxbarlik kilish uchun sirtki ta’limda ukuv jarayonini ta’minlaydigan professor- ukituvchilarni taksimlaydi;
– sirtki bulimning Namangan Muxandislik Texnologiya institutining boshka tuzilmalari bilan uzaro alokasini ta’minlaydi.
22. Sirtki bulim ma’muriy boshkaruv jixatdan Namangan Muxandislik Texnologiya instituti rektoriga xamda ukuv va ilmiy-metodik ishlar yuzasidan Namangan Muxandislik Texnologiya institutining ukuv va ilmiy ishlar buyicha prorekgorlariga buysunadi.
23. Sirtki bulimni saklash bilan boglik xarajatlar Namangan Muxandislik Texnologiya institutiining byudjetdan tashkari mablaglari (tulov-kontrakt mablaglari) xisobidan amalga oshiriladi.
24. Sirtki bulim faoliyati xar bir ukuv semestri oxirida tegishli fakultetlar ukuv-metodik kengashida va ukuv yili yakunida Namangan Muxandislik Texnologiya instituti kengashida muxokama etiladi.
25. Ukuv-metodik ishlar buyicha sirtki bulim metodisti:
– sirtki bulim ukuv jarayoni borishini urganish va tegishli xisobotlar tayyorlash;
– talabalar davomatini monitoringini olib borish;
– talabalar kontingenti xarakatini olib borish;
– talabalar xususidagi buyruklarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
– oralik ishlarining bajarilishi va ularni dekanatlarga topshirilish xolatini urganish va tegishli ma’lumotlar tayyorlash;
– semestr natijalarini fakultetlardan olish va umumlashtirish.
26. Sirtki bulimda kuyidagi xujjatlar bulishi lozim:
1. Uzbekiston Respublikasining Konunlari;
2. Uzbekiston Respublikasi Prezidentiiing Farmonlari, farmoyishlari va karorlari;
3. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlari;
4. Uzbekiston Respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirining buyruklari;
5. Namangan Muxandislik Texnologiya instituti rektori buyruklari;
6. Kirish xatlari;
7. Chikish xatlari;
8. Ish rejalari;
9. Kengash karorlari;
10. Nizomlar;
11. Ukuv rejalar;
12. Talabalar tugrisida ma’lumot (kontingent);
13. Sessiya natijalari;
14. Xamkorlik alokalari;
15. Bayonnomalar;
16. Xisobotlar.
VI. Yakunlovchi koidalar
27. Mazkur Nizom amaldagi konunchilik xujjatlariga kushimcha va uzgartirishlar kiritilganda kayta ishlab chikiladi.

Bo'lim vazifalari

UMUMIY QOIDALAR

Mazkur “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga va amaldagi me’yoriy – huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiruvchi barcha korxona, tashkilot va muassasalar uchun ushbu soha ichidagi me’yoriy hujjat ijrosining ta’minlanishi zaruriy hisoblanadi.
Tizim ichidagi barcha sub’ektlar mazkur me’yoriy hujjat asosida o‘z tashkilotlari doirasida mehnat faoliyati yuritayotgan xodimlar lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishlari talab etiladi.
Bo‘lim boshlig‘i lavozim vazifalari:
• Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha qaror qabul qilish;
• Bo‘lim xodimlarining vakolatlari, vazifalarini belgilash, xodimlarning majburiyatlarini taqsimlash;
• Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv jarayoniga tegishli vazirlikning me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish;
• Hay’at yig‘ilishiga kiritilgan taalluqli materiallarni tayyorlash va qabul qilingan qarorlar va buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish;
• Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchi, xodimlariga qo‘yiladigan malaka talabalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, takliflar kiritish;
• Boshqarmaning chorak va yillik hisobotlari loyihasini tayyorlash;
• Fuqarolarni qabul qilish va ularning xat, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilangan normativ hujjatlarni bilishi.
Malaka talablari:
• Oliy ta’lim tizimida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
• Fan nomzodi ilmiy darajasiga, dotsent ilmiy unvoniga;
• Oliy ta’lim tizimida rahbar lavozimlarida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Bo‘lim (boshqarma) boshlig‘ining lavozim vazifalari:
• Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
• O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
• O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

Bilishi kerak:
Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:
• Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:
№ Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
4386 2 Bo‘lim boshlig‘i 1239 B Oliy ma’lumot

13.Katta inspektor lavozim vazifalari:
• OTMda qonunlar, Prezident farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror va buyruqlarini va boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
• OTMdagi fakultetlar, kafedralar, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarining, Hay’at va Ilmiy kengash qarorlari va boshqa ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning monitoringini tashkil qilish;
• Me’yoriy hujjatlarning ijrosi va monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli vazirlikka o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish;
• Bo‘lim boshlig‘i tomonidan topshirilgan boshqa ishlarni bajaradi.

Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilishi.

Malaka talablari:
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:
№ Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
1116 2 Katta inspektor 1229 B Oliy ma’lumot

14. Inspektor lavozim vazifalari:
• Bo‘lim barcha hujjatlarni yuritish;
• Buyruqlarni rasmiylashtirish, yig‘ma jildlarga o‘tkazish;
• Buyruqdan ko‘chirmalar tayyorlash.
• Saqlanayotgan hujjatlarni yil yakunida arxivga saqlash uchun topshirish;
• Kirish va chiqish xatlari, shuningdek turli so‘rovnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
• Bo‘lim hisobotini tayyorlash;
• Bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlarini bajarish.

Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.

Malaka talablari:
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:
№ Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
2500 2 Inspektor 3431 M Oliy ma’lumot
15. Uslubchi lavozim vazifalari:
• Fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan o‘quv uslubiy ishlarining, o‘quv, namunaviy rejalarni bajarilishini nazorat qilish;
• O‘quv uslubiy ishlarining tuzilishini nazorat qilish;
• Bo‘limda amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish;
• Fakultetlarda professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o‘quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;
• O‘quv mashg‘ulotlari jadvali asosida o‘ziga biriktirilgan kurs talabalarining davomatini nazorat etish;
• Kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirish;
• Bo‘limga kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarning hisobini yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
• Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
• Bo‘lim arxivi va kartotekasini yuritish.

Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.
Malaka talablari:
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:
№ Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
3811 2 Uslubchi 2341 M Oliy ma’lumot

16. Dispetcher lavozim vazifalari:
• O‘quv rejalariga asosan dars jadvali tuzish;
• OTMda o‘tiladigan darslarni nazorat qilish;
• Davomatni tekshirish;
• Shahar va viloyat mehnat birjalari bilan aloqa o‘rnatib, sirtdan o‘qiyotgan talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishlarida amaliy yordam ko‘rsatish;
• Talabalarning fanlardan olgan baholarini xar semestrda semestr vedomostlariga o‘tkazishini tahlil qilib borish;
• Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar guruh jurnallari va o‘quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib borish;
• Yangi qabul qilingan 1-kurs talabalariga reyting daftarchalari, talabalik biletlari tayyorlab berish va ularni OTMsi strukturasi bilan tanishtirishni tashkil qilish;
• Yarim yillik va yillik hisobotlar – uchun ma’lumotlar berishini nazorat qilish.
Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMsi ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilishi.
Malaka talablari:
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
• O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:
№ Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
1584 2 Dispetcher 4134 T O‘rta maxsus

Bo’lim manzili: NamMTI 3-bino, 2-qavat