Dizayn kafedrasi

Kafedra mudiri

Xoliqov Qurbonali Madaminovich

T.f.d

Kafedra tarkibi
  • Xoliqov Qurbonali Madaminovich – Kafedra mudiri. T.f.d
  • Rizametova Manzura Abdullajonovna – Katta o’qituvchi
  • Baxromov Ulug’bek Gapirjonovich – Katta o’qituvchi
  • Xamraxo’jayev Baxtiyor Yaxyoxonovich – Katta o’qituvchi
  • Shukurova Lobar Sherboyevna – assistent
  • Xakimjanov Islombek Shuxrat o’g’li – assistent
  • Shog’ofurov Shaxbozjon Shokirjon o’g’li – assistent
  • Nazarov Abdulvoxid Mamarasulovich – assistent
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedra ilmiy faoliyati Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar, xo’jalik shartnomalari tuzish, tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar tayyorlab topshirmoqdalar. Bu yo’nalishda soha mutaxassisari bilan hamjihatlikda izlanishlar olib bormoqdalar. Korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. Hamkorlikda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish, yosh avlodni zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlash maqsadida ular ushbu ishlarga jalb qilinmoqdalar. Mavzular bo’yicha masullar belgilangan.

  Kafedra tarkibida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tayyorlanmasada, kafedraning asosiy shtatidagi azolari o’z mavzulari bo’yicha mustaqil ravishda ilmiy ishlarni amalga oshirmoqdalar.

 Kafedrada 5150900 – Dizayn (kostyum), 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (Trikotaj) bakalavr yo’nalishi va  5А150901  –  Dizayn (kostyum dizayni) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash 2019-2020 o’quv yilidan boshlandi.  Kafedrada taxsil oladigan barcha magistratura talabalari sohaning ustivor yo’nalishlariga mos keluvchi ilmiy muammolar asosidagi mavzular ustida ishlamoqdalar. Ularga sohaning tegishli ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan va har bir magistratura talabasining dissertatsiya ishlari mazkur korxonalarning ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan. Kafedra tasarufidagi magistratura talabalarining hisobotlari belgilangan taqvimiy reja asosida muhokama qilinadi va kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tegishli tavsiya va ko’rsatmalar beriladi.

 Kafedradagi barcha professor-o’qituvchilar o’z ilmiy mavzulari egadirlar. Ularning mavzulari tegishli sohaning ishlab chiqarish, fundamental va nazariy muammolari asosida tanlangan.

Kafedraning hamkоrlik alоqalari

“Dizayn”  kafedra Germaniyaning Drezden, Erfurt, Frayburg, Ilmenau universitetlari. Pokistonning Feysalobod Milliy to’qimachilik universiteti. Hindistonning Koumbatoriy Shtati SITRA Ilmiy-tadqiqot instituti. Janubiy Koreya Respublikasining Jungbu Universiteti. Rossiyaning Sankt-Peterburg Davlat texnologiya va dizayn universiteti. Xitoy Xalq Respublikasinng Donxua, Guanjou universitetlari. TTESI, Namangan muhandislik-qurilish instituti. Viloyatdagi yengil sanoat korxonalari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedra manzili: NamMTI, 6-bino, 2-qavat