2019 yil 12 avgust kuni institutga Tohoku University of Community Service and Science universiteti professori Shahzadah Nayyar Jehan mehmon bo’ldi. Xorijiy mehmon bilan institut rektori O.Mamatkarimov, “Chet tillar” kafedrasi mudiri D.Hoshimova hamda xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i N.Umarxonovlar davra suhbatida ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni o’rnatish, hamkorlik doirasida professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi masalalarida muzokaralar olib borildi. Bundan tashqari hamkorlikda xorijiy jamg’armalar ilmiy loyihalar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy-amaliy konferentsiyalar tashkil qilish, ikki OTM ilmiy jurnallarida maqolalar chop qilish kabi masalalar bo’yicha muzokaralar o’tkazildi. Davra suhbati so’ngida tomonlar o’zlarining OTMlari bukletlari va esdalik sovg’alarini topshirdilar. Shundan so’ng professori Shahzadah Nayyar Jehan institut iqtidorli talaba yoshlari va professor o’qituvchilari bilan davra suhbati olib bordi. Suhbat davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar. Yaqin kunlarda ikkita OTM hamkorlik shartnomasini tuzish bo’yicha kelishib oldilar.