Select Page

2019 yil 9 avgust kuni institutda QS reytingida 500 talik o’ringa kirgan Qozog’iston Respublikasining Yevroosiyo Milliy universiteti xalqaro aloqalar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Aktoba Joldasbekova va xalqaro aloqalar va imidj Markazi direktori Seyit Ali Avdjular mehmon bo’lishdi. Xorijiy mehmonlar bilan institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori A.Obidov va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i N.Umarxonovlar davra suhbatida ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni o’rnatish, hamkorlik doirasida professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda xorijiy jamg’armalar ilmiy loyihalar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy-amaliy konferentsiyalar tashkil qilish, ikki OTM ilmiy jurnallarida maqolalar chop qilish kabi masalalar bo’yicha muzokaralar o’tkazildi. Davra suhbati so’ngida tomonlar o’zlarining OTMlari bukletlari va esdalik sovg’alarini topshirdilar. Yaqin kunlarda ikkita OTM hamkorlik shartnomasini tuzish bo’yicha kelishib oldilar.