Institutimizda amalga oshirilayotgan Jahon bankining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” granti doirasida moliyalashtirilgan “To‘qimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion o‘quv markazini yaratish” loyihasi ishtirokchilari 2019 yil 22 iyuldan Toshkent shahrida maxsus kurslarda tahsil olmoqdalar. Mazkur kursda Shveytsariyaning “Rieter” to‘qimachilik mashinasozligi kompaniyasining etakchi mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi to‘qimachilik korxonalariga o‘rnatilayotgan zamonaviy serunum texnika va texnologiyadan unumli foydalanish bo‘yicha treninglar amalga oshirilmoqda. Loyiha ishtirokchilarining 12 nafari ushbu kurslardan muvoffaqiyatli qatnashmoqdalar, kurs yakunlari bo‘yicha ularga maxsus sertifikatlar topshirilib, viloyatdagi to‘qimachilik korxonalari uchun innovatsion ta’lim markazi tashkil qilishga imkoniyat beradi.