Select Page

Namangan muhandislik texnologiya instituti bilan Buxoro muhandislik texnologiya instituti turdosh oliy ta’lim muassasalari hisobolanadi.

NamMTI ning “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi bilan BuxMTI ning “Texnologiyalar va jihozlar” kafedrasi professor o’qituvchilari keng qamrovli hamkorlik aloqalarni o’rnatgan. Joriy yilning 24 iyun kunidan boshlab malaka amaliyoti rahbari M.Tursunqulova rahbarligida 8-17 TJCHG guruhining 19-nafar Buxorolik talaba yoshlari NamMTIning 15u-16 guruhi talabalari bilan birgalikda Namangan shaxridagi “Dambog’ poyabzal savdo” MCHJ korxonasida malaka amaliyotini o’tab kelmoqda. Bu talabalarga NamMTI rahbariyati tomonidan sharoit yaratib berildi, ya’ni talabalar turar joyidan imtiyozli ravishda joy berildi. Shuningdek, “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri J.Ergashev tomonidan Buxorolik talabalar uchun masterklass darslarini olib borildi. Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadga Namangan viloyatining diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil etildi. Quyida masterklass dars mashg’ulotidan lavhalar keltirilgan.