Istitutimizning “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va  texnologiyasi” kafedrasi dotsetni Qayumov Juramirza rahbarligida 9 nafar talabasi 3-17 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Donghua universitetida bo’lib o’tayotgan Yozgi maktabda (Shanghai International Graduate Summer school) o’qishlarni boshlab yuborishdi.

O’quv mashg’ulotlari mahalliy va xorijiy professorlar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan, Donghua universiteti professorlari Xu Bugao, Wei Li, Shen Jinsong, Ni Qingqing, Fong Hao, Tao Xuhuan, AQSHning Shimoliy Karolina Davlat Universiteti professorlari Martin W. King, Tushar K. Ghosh, Xu Yingjiao, Eronning Amirkabir texnologiya universiteti professori Roohollah Bagherzadeh tomonidan “Iste’molchi talabi va to’qimachilik bozori”, “Ko’p funksiyali nanokompozit materiallar”, “Funksional tolali materiallar”, “Tolalarda innovatsiya”, “To’qimachilik funksionalligi va barqarorligi”, “Beomedik to’qimachilik”, “Elektrosatitik yigirish”, “Aqlli to’qimalar” modullari bo’yicha o’quv mashg’ulotlari olib borilmoqda. Har bir modul yakunida test yoki yozma ishlar tarzida imtixonlar bo’lib o’tmoqda. Institutimiz vakillari o’quv mashg’ulotlarida faol ishtirok etmoqdalar.