Select Page

Namangan muhandislik texnologiya institutida “Uzbek –Indian Culture Day” ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi, bundan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarning musiqa va san’atga bo’lgan qiziqishini oshirish, talaba yoshlarni sportga qiziqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyish qilishi uchun imkoniyat yaratish hamda professor-o’qituvchilarning fanlarni yangi pedagogik texnologiya IT asosida o’qitish va o’qitish metodikasini rivojlantirish bo’yicha malakalarini oshirish maqsad qilib qo’yildi.

Lal Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi direktori professor Chander Shekhar, bugungi kunda O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi madaniy va ta’lim sohasi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, talaba va professor-o’qituvchilarni Hindistonda ta’lim olishi bo’yicha grant dasturlari yuzasidan ma’lumot berdi.

Dehli universitetidan tashrif buyurgan Dr Neelima Asthana o’qitish metodikasining yangi loyihalari, metodlari va o’quv jarayonida ITlardan foydalanish usullari bo’yicha ma’ruza qildi. Ma’ruza professor-o’qituvchilar tomonidan berilgan savol va fikrlar bilan yanada qiziqarli bo’ldi.

Institutning sport zalida Lal Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi yoga o’qituvchisi Mr Prasobn Nanu talabalar bilan birgalikda yoga mashqlarini o’tkazdi. Ko’plab talabalar qiziqish bilan qatnashdi.

Institutning faollar zalida Lal Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi raqs o’qituvchisi Ms Smriti Aditya boshchiligidagi guruh va institutimizning talabalari bilan hamkorlikda o’zbek va hind musiqa kuylari va raqslari ijro etildi. Bularning barchasi talabalarda katta qiziqish uyg’oti, shuningdek madaniyatlarimizning bir-biri bilan bog’lik jihatlari haqida fikrlar yuritildi.

Lal Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi direktori professor Chander Shekhar va Dehli universiteti professori Dr Neelima Asthana bilan institut rektorini uchrashuvida professor-o’qituvchilarning malaka oshirishi, talabalar almashinuvi, ta’lim va madaniyat sohalari bo’yicha aloqalarni mustahkamlash yuzasidan rejalar belgilandi. Bularning barchasi hamkorlikda amalga oshirilishi kelishib olindi