Select Page

22 iyun kuni soat 1100 da Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.30.05.2018.T.66.01 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi institutning birinchi binosi, kichik majlislar zalida bо‘lib о‘tadi.

Kun tartibidagi asosiy masala izlanuvchi: Rajabov Ozod Isroilovichning t.f.d., prof. A.Djurayev rahbarligida bajargan “Paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 05.06.02–«Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» ixtisosligi, texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi.