Select Page

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir. Shu munosabat bilan “Kimyo texnologiya” fakulteti a’zolari o’zi ta’lim olgan muassasalariga tashrif buyurib, bolalarga qiziqarli badiiy adabiyotlar sovg’a qilishdi.

Aytish mumkinki, fakultetning kitob sovg’a qilish bo‘yicha aksiya startini fakultet dekani kimyo fanlari doktori Ergashev Oybek Karimovich boshlab berdi. O’zining shaxsiy kutubxonasidan Namangan tumanidagi o‘zi tahsil olgan 23-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib 30 nomdagi zamonaviy badiiy adabiyotlar to‘plamini o’quvchilarga sovg’a qildi.

Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Ko’zlarida ezgulik va  mexr  qalqib turgan  bolajon  musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och misoli.